Zarg’aldoq. Agar tushda
zarg’aldoq ko’rsangiz, o’ngda orzularingizni amalga oshirishga intilasiz. Agar
zarg’aldoqning ildizi kavlangan bo’lsa, janjal va oilaviy kelishmovchiliklarga
ishora.
Zargar. Tushda zargarni ko’rish riyo,
aldov va ko’zbo’yamachilikka dalolat. Ko’pincha she’r yozish yoki yolg’on gap
to’qishga ishora. Yana ilm, hidoyat, shodlikdan dalolat.
Zargar. Tushda zargarni ko’rish yolg’on
va xiylaga duch kelishdan dalolat.
Zargarlik buyumlari. Zargarlik
buyumlarini ko’rish, taqib yurish, zavkdanib tomosha qilish, sotib olish –
stress va buyumlarni yo’qotish natijasida xafa bo’lish ehtimoli.
Zardob. Tushda zardob ko’rish g’am va
tashvishlarning paydo bo’lishiga ishoradir.
Zax. Kimki tush ko’rib, tushida tagidan
zax o’tayotganini sezsa, o’ngida dushmani bilan shafqatsiz kurash olib boradi,
irodasi mustaxqam bo’lsa, bu ku- rashda engadi. Zahar. Tushda zahar ichish kimgadir g’azabini sochish- ni anglatadi.
Jinnilik. Kim tushida jinni bo’lib
qolsa, mol- dunyo va obro’ga etishadi. U merosdan tegadigan kiyim- kechakdir.
Yosh bola jinni bo’lsa, ota shu bolasi tufayli boylikka erishadi. Jinnilik
jannatga kirishga belgi- dir.
Jinoyat. Kishi tushida boshqa byr odamga nisbatan jinoyat qilsa, bu yomon ishga qo’l urishiga dalolat.
tushda ayol ko’rsa
Jirafa. Tushga jirafa kirsa, yaxshilik
belgisi yo’q. Ba’zan mol-davlatga etadigan ofatni anglatadi. Ba’zan chiroyli ayoldan
keladigan xabarlardan boxabar bo’lishga dalolat.
Jodushr. Yosh jodugarni
ko’rish – sizni yo’ldan ozdirishi; qari jodugar – sizga nisbatan qahr-g’azab
to’lib-toshgani: ko’z tegishi, kinna.
Joynamoz. Tushda
joynamozni ko’rish pokiza ayol yoki diniy mansabdir.
Jomadon. Jomadon – ichki
organlar muammosi; ko- vlangan ochiqjomadon – operatsiya bo’lish ehtimoli.
Jon. Jon tushda farzand
bo’ladi. Agar tushida joni chiqsa, o’g’li yo xotini o’ladi. Joni qo’ldan
chiqib, osmonga uchib ketsa, darhol olamdan o’tadi. Agar joni sariq bo’lsa,
qattiq kasal bo’ladi. Qizil va oq bo’lsa, oqibati yaxshi bo’ladi. Qora rangda
bo’lsa, Allohning jazosiga uchraydi.
Jonivorlar. Tushdagi jonivorlar nolasi
g’am va musibatdan darak.
Jigar
og’rishi. O’ngda farzandingizga yomonlik qilishlari mumkin.
Jilov.
Jilovni qo’lda ushlab turish o’z ishingiz o’zingizga bog’liq ekanligini
anglatadi. Agar jilov uzilsa, ishlarning orqaga ketishiga ishora.
Jin
surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Jin surasini o’qisa, tavba
qiladi va jindan xalos bo’ladi.
Jin.
U ayyor odamlar, sexrgarlarga dalolat. Ammo hikmatli hsshda ko’ringan
jin ilm va yaxshilik egasi bo’lgan kishidir. Kim tushida jinga aylanib qolsa,
hiylasi kuchayadi. Kim uyi yaqinida jin ko’rsa, ziyon, ta- shvishga ishora. Kim
jinga uylansa, fosiq xotinga mubtalo bo’ladi. Ko’pincha sog’lom bo’lmagan
hayvon sotib olishga ham dalolat. Agar jin bilan kurashsa, odamlar yomonligidan
omon bo’ladi.
Yong’in. Yong’in
– tana harorati oshadigan yuqumli va boshqa kasallik.
Yomg’ir so’rash.
Tushda yomg’ir so’rash kasallik va qiyinchilikka dalolatdir.
Yomg’ir. Tushda
agar undan zarar kelmasa, yaxshilik, rizq va rahmatdir. Agar yomg’ir ma’lum bir
joyga xoslangan bo’lsa, bu o’sha joy axdining xafaligiga dalolat. Gohida
yomg’ir qiyinchiliklarga yordam berishga ishora.
Yomg’irpo’sh. U
kishilar orasidagi yaxshi so’z va dunyodagi kenglikdir. Chunki u keng kiyimdir.
Bir
rivoyatda u
dunyodagi ittifoq, tinchlik va balolardan saqlanishdir, deyilgan. Uning o’zini kiyish
(|>aqirlikka dalolatdir. Shu
bilan birga kishilarga boylikni bildirib, chiroyli ko’rinishdir.
Emfurush.
Uni tushda ko’rish yaxshi chshlarni bajarish, musofir, faqir kishilar
rizqiga kafil yoki g’ayratsiz kishilarning boshlig’i bo’lish va bsshalardan
bo’lgan xdrakatdir.
Yon daftar. Yon daftar – xotira bilan bog’liq muammolarni ifodalaydi;
ateroskleroz paydo
bo’layotgani.
Eng.
U tushda kishining moli deb ta’bir etiladi. Keng va uzun eng mssh-dunyoga
ega bo’lishidan dalolat. Engning qirqilgani faqirlikka ishora. Uning yirtikdigi
ne’matning yo’q bo’lishidir.