Tush tabiri yangi

Tush tabiri yangi

Konvert. Konvert – ahvolning noma’lumligi tufayli ruhiyat va asab tizimining zo’riqqani yoki avval siz bilmagan sirning ochilishi natijasida hayajonlanish; biror ichki organdagi kasallikning yashirin kechayotgani, yuqumli kasallikning inkubatsiya davri.

Konduktor. Agar tushda transport konduktorini ko’rsangiz, o’ngda o’zingizda borini do’stlaringiz bilan baham ko’ring, aks holda vijdon azobida qolasiz.

Tush tabiri yangi

Konkurs. Agar tushda o’qishga kirish uchun konkursda ishtirok etayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda o’zingiz uchun ham, oilangiz uchun ham foyda keltiradix’an kasbni tanlashingiz kerak.

Qop sotuvchi (yoki uni to’quvchi). U tushda bilag’on ki- shidir. Chunki qop idishdir. Shuningdek, u odamlarning eng yomoni, deb ta’vil qilinadi. Kim qop tikuvchining qop tikayotganini, oldi-sotdi qilayotganini ko’rsa, ilmi va moli bilan bog’liqishlarini mustahkamlaydi.

Qop. Tushda bo’sh qop ko’rish yaxshilikka yo’yilmaydi, har holda qashshoqlikka dalolat, ammo qopning ichini to’la ko’rish ko’p mol egasi bo’lmakka ishoradir.

Qop. Nimalardir to’ldirilgan qoplar – o’z burch va javobgarligini his etish; qop ko’tarib ketish – og’ir hayotiy muammolar hal qilinishi; bo’sh qoplar – yo’qotish yoki o’pka muammosi..

Qopqoq. Tushda ko’rilgan qopqoq sirlarni yashirmoqqa dalolat qiladi.

Qopqon. Agar tushda hamma yoqqa qopqon qo’yib chiqayotgan bo’lsangiz, o’ngda o’z maqsadingizga erishish uchun hech narsadan tap tortmaysiz.

Qopqon. Tushida qopqon qo’ygan odam o’z maqsadiga erishish uchun hamma narsaga tayyor ekan. Agar tush sohibining o’zi qopqonga tushsa, demak, o’ngida uning raqiblari g’olib keladi. Kimki tushida birovni qopqonga ilintirsa, o’ngida hamma ishlari yaxshi bo’ladi. Qopqonni bo’sh ko’rish yaqin kunlardagi omadsizlikdan dalolat. Singan qopqonni tushda ko’rish ishning orqaga ketishini va yaqinlaridan birining kasalligini anglatadi.

Qopqon. Qopqon – xavf belgisi: tuzoqqa tushmang. Qopqon qo’yish – o’z muammolarini ayyorlik bilan hal qilishga urinish (natijada janjal kelib chiqishi mumkin).

Qoplon, gepard. U tushda azizlik, martaba, g’azab va xusumatli dallolga dalolat qiladi. U dushmanligi va do’stligini bildirmaydigan ikkiyuzlamachi dushman hamdir. Kimning ov qiladigan qoploni bo’lsa, u rizq va azizlikdir.

Qoplon. Shuningdek, gijgijlovchi kishi hamdir. Tushda qoplonga duch kelsangiz, o’ngda to’siqlarga duch kelasiz yoki yomon xabar eshitasiz.

Qosh. Kim ikki qoshi bir-biriga yaqin bo’lganini ko’rsa, ulfat va do’stlikka dalolat qiladi. Tushda chiroyli qoshlarni ko’rish o’ngdagi ishlardan manfaat

olishga ta’bir qilinadi. Qoshlarning siyrak bo’lishi sevgidagi umidsizlikka ishora. Qop-qora qosh sog’likdan dalolat. Quyuq qoshlarni ko’rsangiz, kimdir sizga g’azabini sochadi. Agar qoshingizni kuydirib ko’ysangiz, qarindoshlaringiz bilan meros talashasiz. Ayol kishi qoshini bo’yayotgan bo’lsa, farovon turmush kechiradi.

Qosh. Kimki tushda qosh ko’rsa, hayotda bir muncha to’sikdarni engib o’tishiga to’g’ri keladi.

Qoshiq. Qoshiq ko’rish – ovqatlaringiz turi haqida o’ylab ko’rish zarurligi; qoshiqtsa, ayniqsa, katta qoshikda ovqat eyish – semirib ketish xavfi.

Krovat. Tushdagi krovat agar to’shaksiz bo’lsa, safarga dalolat. Kim o’zini uning ustida ko’rsa, qo’lidan ketgan narsani qaygarib oladi. Krovat ustida to’shakda o’tirganini ko’rsa, yuksak martabaga ega bo’ladi.

Kreslo. Kresloda tabranib o’tirish – sog’likning beqarorligi; qimirlamay o’tirish – uzoq davom etuvchi kasallik, nogironlik; buzilgan kreslo – janjalli, stressli holat.

Quvg’in. U tushda hibsdir. O’z shahridan quvg’in qilinayotganini ko’rish hibsga olinishdir. Jannatdan quvg’in qilinganini ko’rish faqirlik. Olimni quvish yoki unga dag’dag’a qilish – berk ko’chaga kirib qolish. Diyonatli insonlarni quvishlik – toat axdidan yuz o’girish.

Quduq. Suvi to’la quduq yaxshilikka yo’yiladi. Agar qudukdan suv toshib chiqayotgan bo’lsa, mulk to’plashga ishoradir.

Tush tabiri yangi

Quduq. Tushda quduq ko’rsangiz, o’ngda obro’li odam bilan uchrashasiz.

Kuyov. Kuyovni tushda ko’rish o’ngdagi quvonchli va qutlug’ kunlarga ishora bo’ladi.

Kuyov. U fasod, ayolning erkakka o’xshashi, xunasalik va farjga qarashdir. Kim o’zi kuyovligini ko’rsa-yu, ayolini

ganimasa, ko’rmasa, unga aytilmasa va nisbat berilmasa, lekin u kuyov deb nomlansa, u o’ladi yoki bir kishini o’ldiradi va unga guvoxdar bilan dalil talab qilinadi. Agar ayolini ko’rsa, tanisa yoki unga ismi aytilsa, u uylanish o’rnida. Agar uylanganini ko’rsa, ayolning qadri, fazli, xatari, ismi va jamoliga qarab saltanatga erishadi. Agar u ayolini taloq qilganini ko’rsa, saltanatidan ayriladi.

Kuyov. Tushda kuyovni ko’rish – oiladagi kelishmovchilik va janjal.

tushda