Quyosh. Ko’kda yorqin porlayotgan,
chiqayotgan yoki botayotgan quyosh – vazshggning yaxpgi tomonga rivojlanishi;
bemor uchun – ahvolining yaxshilanishi; qizil yoki xira quyosh – ahvolning
yomon tomonga o’zgarishi; bemor uchun – ahvolning yomonlashuvi; tush takrorlanaversa
– qon yurish tizimi, kalla bilan bog’liq muammolar.
Kuyish. Kimki terisida eski kuyish izlarini ko’rsa, o’ngida xazina topadi. Eski va yangi kuyish izlarini ko’rish o’ngda kasallikdan forig’likka ham ishora, deydilar, shuningdek, tushda kuyishni o’ngdagi qattiq va achchiq gapga ham yo’yadilar.
Ba’zilar tushda kuygan joylarning doira shaklida ko’rinishi tush sohibining o’z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashiga ishora, deydilar. Shuningdek, tushda kuyib qolish uylanish va o’g’il ko’rishdan ham dalolat.
Kuyish. Tushda kuyib qolish – baxtsiz
muhabbat tufayli tushkunlik va yomon kayfiyat.
Quyqa, qoldiq. U manfaati kam,
tashlandiq moldir.
Quloq. Tushda quloq ko’rish kishining
xotini yoki qiziga dalolat qiladi. Agar tushida qulog’ini o’zidan uzoqlashgan
holda ko’rsa, xotinini taloq qiladi yoki qizi vafot etadi. Agar qulog’ida uzuk
ko’rsa, qizini turmushga berib, o’g’il tug’ishiga dalil. Nobulsiy aytishicha,
quloq tushda farzand, boylik va mansabga dalolat qiladi. Agar ikki barmoqlarini
qulokdariga tiqqan holda ko’rsa, bidatchi bo’lib o’lishiga ishora.
Quymoqsimon non. U tushda dilxushlik va
shodlik bilan ko’lga kiritilgan mol-davlat, halokat va ziyon- zahmatdan
qutulishdir. Shuningdek, u ggushaymonlik- nadomatni ham bildiradi.
Ko’kat (ovqatga qo’shib eyiladigan).
Ko’kat yaxshilik qiluvchi kishilarga ishora. Agar tushida bir dasta ko’kat
ko’rsa, bu unga yomonlikdan ogoxdantirishdir. Ba’zan esa qisqa muddat qilingan
tijorat, qisqa umrli bola va mol hamda vaqtincha rahbarlik va xafalikdir.
Kukun holatidagi
dori, galkoy dori, poroshok. U
afsus-nadomat, ta’ma va poraga dalolat.
Kukun. Behuda tashvish,
hasad va bemorlik.
Lampa. Yorqin yonayotgan lampa – turmush
va sog’likning yaxshilanishi; xira yoki o’chgan lampa – ahvolning yomonlashuvi,
kasallik, yomon kayfiyat.
Lampochka. Agar tushda lampochkani
burayotgan bo’lsangiz, o’ngda biron voqeaning sababchisi bo’lib qolasiz.
Lanjlik, xafsalasizlik. Kim tushida
o’zini lanj holda ko’rsa, xafsalasizlikka duch keladi. Gohida u rizqning
tugashi va ajalga dalolatdir.
Latifa. Agar tushda latifa eshitsangiz,
o’ngda sizni hayron qoldiradigan, xursand qiladigan voqea ro’y
Machit. Jumadan shanbaga o’tar kechasi tushda machitni ko’rsangiz, o’ngda mushkul ish qilishga majbur bo’lasiz. Chorshanbadan payshanbaga o’tar kechasidagi tushda eski machit oldidan o’tsangiz, o’ngda ko’ngilsizlik bo’ladi.
Mashshoq.
Tushda mashshoqni ko’rish o’tish joyi, yo’lga dalolat qiladi.
Shuningdek, nay chalish azada yollanib yig’lovchi ayol, farzandi yo mahbubini
yuqotgan ayoldan darak beradi.
Maigala.
Kimki tushda qo’lida mashala ushlab turganini ko’rsa, o’ngida yaqin
o’rtada hammaning e’tiborida bo’ladi va o’z imkoniyatlarini ishga soladi.
Tushda mash’alalarni ko’rish bezovtalik va ichki janjallarga ishora. Maigala
o’chganini ko’rish umidlarning puchga chiqishidan dalolat. Mashaladan yong’in
chiqishi isyonga ishora. Kimki tushida o’z yo’lini mash’ala bilan yoritib
borayotgan bo’lsa, o’ngida eng qiyin mushkulotlarda ham o’z yo’lini topib ketadi.
Tushida kitob oldida turib mangala tutib turish bashoratlarning ro’yobga
chiqishiga guvoh bo’lishdan dalolatdir.
Ma’orij
surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Ma’orij surasini o’qisa,
dalildirki, xayr va yaxshilik qiladi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, qo’rquvdan
emin bo’ladi.
Mebel.
Tushda serhasham mebel ko’rish – stress, janjalli holat, yomon kayfiyat;
uydan mebel olib chiqayotganlarini ko’rish – hayotning o’zgarishi yoki
kasallik. Shuningdek, mebel turi odamning turli a’zssharini ifodalashi mumkin:
masalan, kitob javoni, yozuv stoli – miya va akdiy faoliyat, bufet va
ovqatlanish stoli – oshqozon-ichak trakti va hokazo.
Meva
(ho’l meva). U tushda xotindir, yana meva rizkdir. Mevalar faqir uchun
boylik, boy uchun ziyodalikdir. Kim tushida uning ustiga meva sochilgani- ni
ko’rsa, u yaxshilik va solih ishlar bilan shuhrat qozonadi.
Meva
terish. Kim bir daraxtdan boshqa daraxt mevasini tersa, harom bilan
mashg’ul bo’ladi.
Meva.
Mo’l-ko’lchilik ramzi.
Mevalar.
Daraxtdagi yoki dasturxondagi mevalarni ko’rish ko’p meva eyish
zarurligi; meva eyish – sogliging joyida bo’lishi; chirigan yoki pishmagan meva
eyish – tez o’tuvchi engil dardga chalinish; qurigan meva – kasallik.
Medal. Tushda medal ko’rish –
ruhiy qarama- qarshiliklar, ya’ni sizni mag’rurlik engib
ko’yayotganidir.
Meros.
Merosga ega bo’lish – qiyin ahvsshingizda to’satdan keladigan yordam.
Metall chambarak, gardish. Uni tushda
ko’rish chiqish iloji bo’lmagan tang ishlarga kirib qolishdir.
Ehtimol, o’limdan ham darak.
Mehmon. Kimki tushda uyiga mehmon
kelganini ko’rsa, o’ylagan orzulari amalga oshadi yoki biron yaxshi xabar
oladi. Ammo ataylab mehmon kutayotgan bo’lsa, o’ngida o’ziga ortiqcha tashvish orttiradi. Ba’zi
mutabbirlar tugtsda mehmon kutishni o’ngda
birovlarning g’ayirligini qo’zg’atish, o’z-o’ziga dushman orttirish yoki oilaviy janjal, deb ta’bir qilganlar.
Mehmon.
Tushdagi mehmon o’g’il farzandga, rizqqa bashoratdir. Tushda
uyingizga mehmon kelsa, o’ngda oilangizda muhim va kuvonchli o’zgarishlar ro’y
beradi.
Mehmon.
Mehmon – sizda diqqat-e’tibor etishmaydi; chaqirilgan mehmon –
befoyda tashvish; chaqirilman mehmon – xavf va ruhiyatning zo’riqishi.
Mehmonxona.
Agar erkak kishi sharoit taqozosi bilan mehmonxonaga qo’nsa,
o’ngida shu shaharlik qizga ] uylanadi. Qiz bola shunday tush ko’rsa, uning
bo’lajak eri hamisha safarda bo’ladi. Bemorning tushiga mehmonxona kirsa, uning
kasali uzoq cho’zilishiga ishora.
Mehmonxona.
Tushda mehmonxonani ko’rish – hayotdagi o’zgarishlar, yangi
tanishlar tufayli q noxushliklar.
Mechkay.
O’zining yoki birovnyng mechkayligini ko’rish kasallik; birinchi
navbatda ovqat hazm qilish organlari dardi.
Mesh. U zinokor xotindir. Yana u yaxshi ko’rish va xushtorlik qilishdir. U uyning xo’jayini, do’koni va homilador ayolidir. Meshdan suv ichish ayol tomonidan foyda ko’riladigan moldir.
Agar meshda sariyog’ bo’lsa, u I mol sohibidir. Agar unda tuzlangan narsa bo’lsa, u kasal II kishidir. Kim tushida asal va yog’ meshini olsa, o’ljani 1 qo’lga kiritadi. Agar moy idishini olsa, harom mol- 1] mulkka ega bo’ladi. Kim meshga puflaganini ko’rsa, far- 11 zand ko’radi. (
Me’mor.
Agar tushda me’morni ko’rsangiz, o’ngda tashvishga qolasiz. U
bilan loyihani muhokama ] qilayotgan bo’lsangiz, ishingiz bo’yicha muammolar
kelib chiqadi.
Me’mor.
Kimki tushida me’morni yoki me’mor bo’lishini ko’rsa, uning
yuksak fazilat sohibi bo’lishiga ishora.
Me’mor.
Me’morni ko’rish – xdyajon va tashvishlar, hayotingizda
o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligi.
Mikser. Jumadan shanbaga o’tar kechasi zushda mikser ko’rsangiz, o’ngda zidtsiyatli holatga duch kelasiz. Mikserning buzilganini ko’rsangiz, o’ngda o’zgarishlar bo’ladi, bu tush shanbadan yakshanbaga o’tar kechasi ro’y bersa, o’ngda ish joyingizdan maqtov eshitasiz.
Chorshanbadan payshanbaga yoki yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi tushda mikser bilan nimanidir qorishtirib tursangiz, o’ngingizda sizni g’iybat qiladilar.
Militsioner.
Tushda militsioner ko’rsangiz, yashirin qilib yurgan ishingiz
oshkor bo’ladi.
Militsioner.
Militsionerni ko’rish – noxush voqealar, yomon kayfiyat va
nevroz; tushda militsioner bo’lish – o’z ishlarini tartibga solish va
sog’ligini tiklash zarurligi; bemorlar uchun – sog’ayishdan darak.
Miltiq.
Tushda kimki miltiq ko’rsa, qarindosh-urug’ va do’stlar orasida
kelishmovchilik, yomon munosabatlar kabi hodisalarga yo’yiladi.
Minbar.
Tushda jome’ masjidining minbarini ko’rish o’ngda keladigan
ne’mat va davlatga ishora. Tushda minbar buzuq bo’lsa, demak, sizning ham,
atrofdagi odamlarning ham e’tiqodi zaif ekan.