Tush TABIRI kitobi
Zaharli
o’rgimchak. U tushda aziyat beruvchi, fasodchi ayolga dalolat.
Zaxira. Zaxira yig’ish – organizmni bo’shatib, to- zalash zarur; organizm quvvati pastligi.
Zaxr. Tushda zaxr eyish harom moldir. Agar uning ta- nasiga zahr tegsa, o’ngda g’am-anduh chekadi.
Zebra.
Tushda zebrani ko’rsangiz, o’ngda hayotingiz bir tekisda bo’lmaydi.
Zenit.
Zenitdagi quyoshni kuzatish – o’z muammolaringizni hal qilish uchun
oxirgi yaxshi imkoniyatdan foydalanishingiz zarur; hozir yaxshi holatdasiz, uni
asrab qolish lozim.
Zig’ir.
Tushda zig’irpoyani ko’rsangiz, o’ngda safarga chiqasiz.
Ziyofat.
Ziyofat – tushda yaxshilikka birlashish.
Ziyofatsh
taklif. Kim tushida ziyofatga boshqalarni chaqirayotganini ko’rsa va
ular kelib taomlardan tanovul qilsa, u rahbar bo’ladi. Agar tushda biron
ziyofatga taklif qilinsangiz, o’ngda boylik va hurmat topasiz. Ziyofat
dasturxoni qanchalar to’kin bo’lsa, o’ngingizdagi ishlaringiz ham shunchalar
yaxshi bo’ladi.
Tush TABIRI kitobi – tushda ko’rsa
Zilzila. Zilzila – takdir zarbasi yaqinlashayotgani va unga bog’liq azob.
Zilzila.
Kimki tushida zilzila bo’lganini ko’rsa, o’ngida unga hukmdordan jazo
etib keladi.
tusda Zilzila. Tushda er qimirlasa, u diyorga kasallik ke- ladi.
tushda Zina. Taxta zina – munofiq kishi. Undan chiqish esa – niyatni amalga oshirish. Zinaga chiqish – oralarida munofiqlik (mug’ombirlik) bo’lgan odamlardan yordam so’rashdir. Zina safarga dalolat hamdir.
Ipak qurti. U podshohning xalqidir.
Ipak. Ayol tushida ipak ko’rsa, o’ngida
foydali narsaga ega bo’ladi, er kishi ko’rsa, qo’liga haromdan mol keladi. Agar
tushingizda ipak ip ko’rsangiz, demak, o’ngingizda safarga chiqishingizga
ishora bo’ladi.
Irkit xotin. Kim tushida irkit xotinni
ko’rsa, o’ngida moliyaviy inqirozga uchraydi. Agar ayol o’ziga oro berib yurmasa,
erining ayolidan ko’ngli soviydi.
Irmoq. Tushda irmoq ko’rsangiz, o’ngda
sizni ziyofatga taklif etadilar. Bunda yaxshi odamlar bilan ko’ngilli dam
olasiz. Agar tushingizda irmoq yo’li kengayib borsa, o’ngingizda do’stlaringiz
ko’payadi.
Isyon. Tushda isyon bo’layotganini
ko’rish o’ngdagi to’siqlar, kelishmovchilik va qiyinchilikka ishora.
Isirg’a. Turli yolg’on va tuxdoat
gaplarga ishora.
Isitma. Tushda o’zining isitmalab
yotganini ko’rish – yuqumli kasallik, nevroz, klimaks davridagi gormonlar
buzilishi.
Ism. Agar insonning ismi tushida boshqa
ismga aylanib qolsa, baxtli va salomat bo’ladi. Kim boshqa ism bilan
chaqirilsa, agar xunuk ism bo’lsa, uning faxdshi aybi ochiladi yoki kasali
zoxir bo’ladi. Agar chiroyli ism bilan chaqirilsa, azizlik, sharaf va shu
ismning ma’nosi qancha ma’noli bo’lsa, shuncha izzat-xurmatga erishadi.
Ism. Tushda o’z ismini eshitish – yaxshi
belgi, ijobiy voqealardan darak.
Ispandon. Ispandon tushda g’am bo’ladi.
Agar biror kishi ispandon bersa, o’sha odamning g’ami unga keladi.
Issiqlik. Kim tushida issiqlikni his
qilsa, o’ngida boshiga g’am tushadi. Agar tushda issiqlik sizga yoqimli
tuyulayotgan bo’lsa, o’ngda ishlaringiz rivojlanadi.
Istak. Kimki tushida o’lishni istasa,
o’ngida ijobiy tomonga o’zgarish yuz beradi.
tushda ko’rsa tush tabiri kitobi
Istak. Tushda biror nimani kuchli istash
– jinsiy yoki ijgimoiy qoniqmaslik.
Istig’for aytmoq. Tushda istig’for aytmoq rizqning ko’p bo’lishiga dalolat. Kim namozdan tashqarida istig’for aytsa, umri ziyoda bo’ladi. Kim o’zini Allohga istig’for aytayotgan holda ko’rsa, Alloh uning gunohini kechirib, unga mol, farzand, xotin, jannat beradi.
Kim tushida istig’for aytishdan sukut qilib turgan bo’lsa, u munofiq. Agar xotin kishiga tushida kimdir «Istig’for ayt», deyayotgan bo’lsa, u xotin zino qiladi.
Post Views: 1 475