Tush tabiri kitobi 2019

Qilich. Qilich hukmdorni, farzandni, xotinni yoki viloyatni anglatadi. Kimki tushida beliga qilich osib yurgan bo’lsa, davlat miqyosida amalga minadi yoki yaxshi xotinga uylanadi yoxud farzand ko’radi. Agar tushida be- liga bog’langan qilich uzilib tushsa, o’ngida amaldor bo’l- sa, amalidan ayriladi, farzandi bo’lsa, o’ladi yoki xoti- niga taloq beradi.

Tush tabiri kitobi 2019

Qimiz. Tushda qimiz ichish yolg’on xabarga yo’yiladi.

Qimiz. Tushda qimiz ichgan odam o’ngida parishonxotir bo’lib qoladi.

Qimmatbaho buyumlar yig’ish. Bu sog’likning yomonlashuvi, janjallar, stress holatlar; modda almashinuvi buzilishi, semirish va boshqa muammolar; organizmning asabiy va jismoniy toliqqani, oshqozon- ichak trakti kasallanishi; ularni tarqatish – ichki qarama-qarshiliklardan ruhan qutilish va salomatlikning yaxshilanishi.

Qimmatbaho buyumlar. Tushda qimmatbaho buyumlarni ko’rish, ularni diqqat bilan ko’zdan xechirish – hayotingiz qiymatini qdyta baholashingiz zarur; qimmatbaho buyum go’zalligidan zavqlanish – yakshi hissiyotlar; uni olish istagida yonib, narxiga qiziqib nazardan o’tkazish – kasallik ehtimoli.

Qimor. Tushida qimor o’ynalayotganligini ko’rgan odam o’ngida ko’ngilsizlikka duchor bo’ladi. Qimor o’ynab yutsa, o’ngida dushman orttiradi,. yutqizsa, odamlar orasida nimadir sabab bilan mashara bo’ladi.

Kindik og’rishi. Tushda kindigi og’rigan odam xoti- niga yomon muomala qiladi.

Kindik. U onasi, otasi yoki kasbidir. Ko’pincha ayolga ham dalolat. Agar tush ko’ruvchi kasal bo’lsa va kindigi ochilib qolganini ko’rsa, o’limiga dalolat. Agar o’z qo’li bilan ochsa, infoq-ehson qiladi. Shuningdek, kindik shod-xurramlikni ham bildiradi.

Kinoaktyor. Tushda kinoaktyorni ko’rsangiz, o’ngda etib bo’lmas orzuga intilasiz.

Kinoteatr. Tushda kinoteatrda o’tirib film ko’rayotgan bo’lsangiz, o’ngda do’stlaringiz bilan vaqtni quvnoqlikda o’tkazasiz.

Tush tabiri kitobi 2019

Tush tabiri kitobi 2019

Kipriklar. Ta’vilda ular dinni sakdovchi narsadir. Kim kipriklarini ko’p, chiroyli holda ko’rsa, uning iy- moni mustaxdam bo’ladi.

Kir, ifloslik. U tushda qarz, kasallik va badandagi kirga dalolat qiladi.

Kirakash. Tushda ko’rilgan kirakash kasallikdan shifo topishiga, gunoh qilishga va rohat topishiga dalolat qiladi.

Qirg’iy. Kim uni qo’lda ushlab turgan bo’lsa, o’g’ri uning qo’li bilan qamoqqa olinadi.

Qirg’oq. Tushingizda qirg’oq bo’ylab sayr qilib yursangiz, o’ngda ko’nglingizga yoqadigan odam bilan uchrashasiz. Agar qirg’okdagi manzarali joyda dam olayotgan bo’lsangiz, oilaviy osoyishtalik va baxtiyorlik ko’rasiz.

Qirg’oq. Qirg’oq – salomatlik va osoyishta qayot ramzi. Ayniqsa, kemadan chiroyli qirg’oqning yaqinlashib kelayotganini ko’rish yaxshi; qirg’okda yurib olislarga qarash – ruxiy yangilashingiz zarur; kichkina kema yoki qayiqning qirg’okdan uzokdashishi – homilador ayolning tez orada tug’ishi; farzanddi ota- onalar uchun tez orada to’y bo’lib, farzandining oiladan uzokdashuvi; baland tog’li qirg’oq – bosh og’rig’i, bosh aylanishi.

Qirg’oqni ko’rish, unda sayr qilish. Ishqiy sarguzashtlar qidirish; organizmga toza havo va harakat etishmayotgani.

Qirqquloq. Agar tushda qirqquloqni ko’rsangiz, o’ngda foyda ko’rasiz yoki biron ishda muvaffaqiyat qozonasiz.

Tush tabiri 2019 – yil

Qiroat. Tushda Qur’on yoki undan biror oyat qiroat qilgan kishi martaba va azizlikka erishadi. Agar osiy bo’lsa, Alloh uni kechiradi va tavbasini qabul qiladi. Agar faqir bo’lsa, boy bo’ladi, qarzdor bo’lsa, qarzini to’laydi.

Qirov. Agar tushda qirov tushganini ko’rsangiz, o’ngda do’stlaringizdan soviysiz.

Qirchumolm, er hayvony. Tushda u chiqqan bo’lsa, bu podshoxdan xabar olib keladigan kishiga dalolat qiladi. Bu hayvonga minish va ega bo’lish josuslik demakdir.

Qisqa qirqilgan cho’qqi soqol. Nobulsiy deydiki, u tushda ayolga dalolatdir.

Qisqichbaqa. Qisqichbaqa makr-hiylasi ko’p kishidir. Kim tushda qisqichbaqa go’shtini tanovul qilsa, yaxshilikka erishadi. Yana aytadilarki, kim qisqichbaqa ko’rsa, harom boylikka erishadi.

Kissovur. Kissovur hiylakor olimdir. Tushda uni ko’rish cho’ntagidan pul o’g’irlatishga ishora.

Tush tabiri kitobi 2019

Kit. Tushda kitni ko’rish hayotdagi sirli narsaga ishora. Demak, tushda kit ko’rgan bo’lsangiz, o’ngda hayotingizni o’zgartirib yuboradigan hodisa ro’y beradi. Ammo bu qanday hodisa ekani noma’lum.

Qitiqlash. Kim tushida bir kishining qitikdaganini ko’rsa, u kasbi bilan uning orasini to’sadigan kishidir.

Kitob taxlami. U tushda yaxshi so’zlarni o’z ichiga olgan kitob mujalladiga dalolat qiladi.

Kitob. Tushda qiziq kitoblar o’qish — xursand bo’lish belgisi; ilmiy va el og’ziga tushgan kitoblarni o’qish esa donishmandlik va olijanoblikdan dalolat; kitobdan biron narsani ko’chirib olish kerakli bilimlarni hosil qilishga ishora; tushda kitob o’qish yana hurmat va boylikdan belgi beradi; donishmandlarning kitoblaridan yashirin ma’nolarni izlash uchun ko’p harakat qilish va mashaqqat chekish uzoq yillik qilgan mehnat uchun mukofot olish va hurmat qozonishga ishoradir; bolalarning kitob o’qiyotganligini ko’rish yoshlarning yaxshi istiqbolidan darak. Tushda eski, sahifalari sarg’aygan kitoblarni ko’rish yovuzlikka ishora beradi. Tushda kitob yozish esa vaqgni bekorga sarf qilish va pul yo’qotishga yo’yiladi.


tushda