Tush tabiri 2019 eng aniq

Kitob. U tushda quvvatdir. Agar tugallangan bo’lsa, bekitilgan xabardir. Agar u yosh bolaning qo’lida bo’lsa, xursandchilikdir, ayol kishining qo’lida bo’lsa, yangilik bilan bir ishning bajarilishidir. Agar kitob nashr qilingan bo’lsa va ayol ro’mol yopingan bo’lsa, u ehtiyot

Tush tabiri 2019 eng aniq

bo’lish haqidagi xabardir. Ayol chiroyli, xushbo’y bo’lsa, u yaxshilik va maqtovli ishdir.
Kitob. Kitob ko’rish – o’yga botish; biror mazmundagi kitobni o’qish – turmush tarzi ustida o’ylab ko’rish zarurligidan ogoxdantiradi.

Masalan, tibbiyot bo’yicha kitob – kasallikdan qochish uchun turmush tarzini o’zgartirish kerak; ilmiy kitob – jidtsiyroq donoroq bo’lish; diniy kitob – diniy takomillashuv yo’liga borish; dedektiv, sarguzaigg, muhabbat mazmunida kitoblar – xayolparastlarcha istaklardan voz kechish, fantastik kitoblar – hayotga real qarash lozimligidan ogoxdantiradi.
Qit’a.

Tushingizda qit’a ko’rsangiz, o’ngingizda hayotingiz barqaror bo’lib, yo’lingizni topasiz.
Kichik qushlar. U chumchuq, kunbura va bulbul kabi kichik jussali qushlardir. Ular yosh, go’dak bolalardir.
Kichik til, tilcha. Kim tushida kichik tili o’sib, tomog’ini to’sib ko’yadigan darajada bo’lsa, bu uning mol yigishda xasislik qilib, hatto o’limi yaqinlashsa ham, o’ziga sarflashgayam ziqnalik qilishiga dalolat qiladi.
Qichima (kasallik). Qichima, chechak kasalligi kabi xastaliklar boylikka dalolat.

Agar unda suv bo’lsa, qiyinchilikdan qutilib, davlatga erishishdir. Aytili- shicha, faqirlardagi qichima boylikka, boylardagisi esa boshliq bo’lishga dalolat.

Kim suvi yo’q qichima kasaliga uchrab, uni qashiyotgan bo’lsa, g’am-tashvishdir. Agar bo’ynida ko’rsa, bo’ynidagi qarziga dalolat. Agar badanida bo’lsa, uning hayoti yoki yaqin do’stiga aziyat etadi.
Qichima. Butun badanning qichiyotgani – noxushliklar va ruhiy tushkunlik; barmokdar va kaft qichisa – pul muammosi; orqa qichisa – kelajakdagi qilmishlari uchun javobgarlik; yuz qichig’i – azob va vijdon qiynalishi.

Tush tabiri 2019 eng aniq

Qish. Tushingizda yoz oyi bo’lsa-yu, unda qish sovug’ini ko’rsangiz, o’ngda ishingiz va savdoingizda to’siq paydo bo’ladi. Harbiy kishilar tushida qish bo’lganini ko’rsalar, o’ngda vaqglarini ko’ngilli o’tkazadilar, dehqon bo’lsa, mo’l hosil oladi. Uylanish yoki turmushga chiqish arafasida turgan yoshlar tushlarida qish sovug’ini ko’rsalar, o’nglaridagi munosabatlari ham sovuqbo’ladi.


Qish. Qish – kim bilandir munosabatning sovushi va yomon tuyg’ular; shamollash.
Kishan, zanjir, g’ul. U tushda dinda sabot turishdir. Gohida u ahai ayolga, zimmasidagi qarz yoki safardan qolishga yo kasallikka dalolat qiladi. Ba’zan zanjir yoki kishan tushida uni bog’lagan kishi tomonidan xayr- ehsonga ishora.

Tijoratchi uchun kasod matodir. G’amgin kishi uchun g’amining tugamasligidir. Bemor uchun uzoq vaqg sog’ligining yomonlashuvidir.
Kishan. Tushda kishanda bo’lish xavfdan qutilishga ishora bo’ladi.
Qishlok Qishloq tushda rizq va yaxshilikka, ba’zan xurmo, mayiz va bug’doyga dalsshat qiladi.

Tush tabiri 2019 eng aniq

Tushda qishloqqa o’t ketishi xo’jaligi oqsokdashishiga dalolatdir. Hosildorlikning unumli bo’lishi baraka va rizqning ko’pligini bildiradi.

Agar tushingizda notanish qishlokda bo’lib qolsangiz, o’ngda mushkul ahvolga tushasiz. Agar qish paytida qishlokda bo’lib qolsangiz, boshingizga qayg’u tushadi. Qishlokda yurib, turar joy izlayotgan bo’lsangiz, engiltakligingiz tufayli g’iybatga qolasiz.

Qishloq.

Farovonlik va baxtiyorlikka ishora.
Qishloq. Qishloqni ko’rish – yaxshi kayfiyat va ichki xotirjamlik; ruhiy charchoq va tabiat hamda yaxshi odamlar bilan uchrashishga intilish. Qishloqni ko’rish – tabiat bag’rida tinch va osoyishta yashashga bo’lgan ichki ehgiyoj.

Kley. Kley ko’rish – noxushliklar va salbiy hissiyotlar, biror narsani kleylash – munosabatlarni asrab qolishga urinish; engil jarohat; ikkita narsani bir-biriga yopinggirish – jinsiy muammolar.
Qovoq (ko’z qovog’i). Agar u tushda sog’lom bo’lsa, yaxshidir, xususan, ayollar uchun. Agar unda yara bo’lsa, g’am va xafalikka dalolat qiladi.
Qovoq (sabzavot).

Kim tushida qovoq ostida soyalansa, u qo’rqinchdan tinch, ishi yaxshi bo’ladi. Agar qovoqni pishgan holda esa, uning mol-dunyosi, sog’ligi yoki quvvati ketgan bo’lsa, qaytadi. Agar kishi tushida qovoqni xom holida eganini ko’rsa, dushmandan dalolatdir.

Tush tabiri 2019 eng aniq tush tabirlari


Qovoq. Qovoqni ko’rish, pishirish, eyish – ijobiy hissiyotlar; organizmda eng muhim mikroelementlar, yog’li organik kislotalar, tabiiy qand va vitaminlar (birinchi navbatda V, S, A, RR guruhidagi) etishmayotgani; oshqozon-ichak trakti, jigar, buyrak kasallanishi ehgimoli; parhezga o’tish lozimligi.
Qovoqning ikki cheti. Uning chiroyli bo’lishi dindagi chiroylilikdir. Uning oqarib qolishi bosh yoki ko’zga etadigan kasallikdir.


Qovun. Tushda qovun ko’rish o’ngdagi ko’ngilsizlikka ishora. Tushingizda qovun ko’rsangiz, boshlamoqchi bo’lgan ishlaringizni to’xtatib, sog’ligingiz haqida g’amxo’rlik qiling. Agar qovun polizda bo’liS, uni uzmasangiz va emasangiz, ko’ngilsizliklar o’tib, ishlaringiz yaxshi bo’lib ketadi.


Qovun. Qovunni sotib yoki sovg’aga olish – mayda noxushliklar va tashvishlar; qovun eyish – ovqat hazm qilish a’zolari kasalligi; organizmda tabiiy qand, eng muhim mikroelementlar (birinchi navbatda temir) va vitaminlar (S, RR, A, folievaya kislotalar) etishmasligi, yurak-tomir tizimi, kamqonlik va
aterosklerozdan darak.

Bunday bemorlar uchun qovun davo bo’lishi mumkin.
Qovurg’a. Qovurg’a ayol kishidir. Ba’zan qovurg’a yoshi katta ulfatlarga ishora. Kimki teri ostidan ko’rinib turgan qovurg’alarni ko’rsa, o’ziga keladigan uqubatdan qo’rqsin.

Agar katta qovurg’a, terini yomon holatda ko’rsa, rizq, ba’zan sochi to’kilishiga ishoradir. Kim o’zini qovurg’asiz ko’rsa, ayoli yoki bolasi yo boyligi yo’qoladi. Ba’zan qovurg’a savob umidida qilgan ishning xato bo’lib chiqishiga ishora.

Qovurilgan tuxum. U azizlik, xursandchilik, rizq va bo’ydoqlar uchun juftdir.

Qovurilshn tuya. U hakda ulamolar ixtilof kilishgan. Ba’zilar agar u semiz bo’lsa, ko’p moldir, degan. Agar ozg’in, oriq bo’lsa, ozgina mol va qiyinchilik bilan topilgan rizkdir, deganlar ham bor. Boshqa ula- molar esa u xavfdan omonlik, dedilar.

Yana ba’zilari u o’g’il farzandga dalolat qiladi, deganlar. Kim undan esa, o’z kasbi bilan eb-ichadigan o’g’il farzand ko’radi. Agar u qizartirib kuydirilgan bo’lsa, odobli bola ko’radi.

Agar unday bo’lmasa, o’g’il kasbida chaqqon bo’lmaydi. Aytilishicha, bozordagi har bir qovurmalar yaxshi bashoratdir.

Qovurish. Biror narsani qovurish – g’iybat yig’ish; jinsiy qoniqmaslik; qovurilgan ovqatning zararini

tushunib etish; jigar va oshqozon-ichak kasalligidan darak.

Tush tabiri 2019 eng aniq

Qog’oz. Oppoq, yozilmagan qog’ozni tushda ko’rish o’ngdagi kasallikka, tashvishlarga ishora. Agar tamg’ali qog’oz ko’rsangiz, katta ishlarni boshlab, muvaffaqiyatga erishasiz.

Qog’oz. Oppoq qog’oz – bekorchi harakat va tashvish, yozilgan, chizilgan yoki qora qog’oz – kuchli salbiy ehgiros; rang-barang qog’oz – yaxshi kayfiyat; shuningdek, qora qog’oz – holsizlik va organizm quvvati pastligidan darak beradi.

Qoziq. Erkak qoziq ko’rsa – ruhiy ishonchsizlik; tayanch harakat apparatining kasalligi yoki jinsiy ojizlik; ayol uchun – jinsiy qoniqmayotganlik.

Qozon. Qozondagi ziravor va go’pgg undan tanovul qilgan kishi uchun foydali. Gohida qozoncha o’choq ustida va qaynayotgan bo’lsa, ayolning talog’iga dalolat.

Kasalning hovlisidagi qozon qaynab, uning ostida olov yonayotgan bo’lsa va unda nima borligi bilinmasa, o’choq uning to’shagi, olovning lovullashi uning mashaqqati. Qozonning qaynashi uning bezovta bo’lishidir. Agar o’chib qolsa, uning kasali ketadi. Qozon uning o’zidir.

Koinot. Tushda koinotni ko’rish barcha uchun yaxshilikka ta’bir qilinadi.

Koka-kola. Agar tushda koka-kola sotib olayotgan bo’lsangiz, sizni quvnoq davra kutadi.

Qoqi. Qoqi o’t – yaqinlaringizning sizga yoki sizning yaqinlaringizga g’amxo’rliklaringiz etishmayotgani; sog’likni mustahkamlash uchun suv bilan davolanish zarurligi; oshqozon, ichak, jigar va buyrakning kasallanishi ehgimoli.

Qoqigul. Turmush qurish arafasida turgan qizning tushiga qoqigul kirsa, u chaman bo’lib ochilgan qoqigullar

orasida turgan bo’lsa, o’ngida baxtli turmush quradi, farovon hayot kechiradi.

Kokil, zulf. U homilador ayol uchun o’g’il farzanddir.

Tushda ko’rsa 2019 yil uchun

Qoqilish. Kim tushida oyog’ining bosh barmog’i erga qoqilib ketganini ko’rsa, u yig’inda qatnashadi, uning zimmasida qarz bo’ladi. Agar undan qon chiqsa, u harom molga erishadi yoki moliga musibat etadi.

Kometa. Agar tushda kometani ko’rsangiz, o’ngda sizga ko’p tashvishlar keltiradigan odam uchraydi, ammo u siz bilan ko’p vaqt birga bo’lmaydi.

Kompyuter. Tushda uni ko’reangiz, muammolaringiz ko’p, tushunmaydigan narsalaringiz serob ekan.

Kompyuter. Kompyuterni ko’rish yoki unda ishlash – yuzaga kelgan ahvolni taxdil qilishingiz va undan qutilish imkoniyatlarini hisobga olishingiz zarurligi, elektromagnit nurlanish, asab tizimi va ko’rish organlari zo’riqishiga bog’liq turli kasallik, shuningdek, o’tirib ishlayverish natijasida umurtqaning charchaganligi.

tushda