TERIDAGI SUVLI PUFAKChA

TERIDAGI SUVLI PUFAKChA

TERIDAGI SUVLI PUFAKChA: Terida ba’zida suvli pufakchalar paydo bo‘ladi. Biron joyiga shikast yetganda teri tashqi qatlamiga suv chiqaradi. Suvli pu- fakcha chiqqan joyni toza saqlash kerak, uni teshish kerak emas, aks holda infeksiya tu- shishi mumkin.

Tor oyoq kiyim yoki ayrim jismoniy ha- rakatlar oqibatida oyoqda terining ishqa- lanishi oqibatida suvli pufakchalar hosil bo‘ladi. Shuningdek, uzoq vaqt quyoshda teri- ni berkitmasdan turib qolishi natijasi- da ham bo‘ladi.

Ko‘plab suvli pufakchalar kelib chiqishi sabablari aniq bo‘lgani bilan ba’zilar- ning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini bilib bo‘lmaydi. Bu organizmning qanday- dir dori vositalariga qarshi reaksiyasi ham bo‘lishi mumkin. Bunda pufakcha ko‘ri- nishidagi toshma ma’lum tana qismiga yoki hamma yog‘iga toshishi mumkin.

Bir qator infeksiyali kasalliklarda, masalan, sportchilarning oyog‘i zamburug‘li yallig‘lanishi, gerpes va boshqalarda bu kabi pufakchalar toshadi.

Ayrim allergik reaksiya chaqiruvchi mod- dalar yoki o‘simliklar teriga tegishi oqi- batida ham pufakchali toshmalar chiqadi.

Kelib chiqish sabablaridan qat’i na- zar bu toshmalar umumiy xususiyatlarga ega. Ular yuza teri bilan pastki qatlam terisi o‘zaro ajralishi va o‘rtasida suvli qopcha paydo bo‘lishi oqibatida yuzaga keladi.

Quyidagi holatlarda shifokorga muro- jaat qilish kerak:

  • yaqin orada biron dorini icha boshlagan bo‘lsangiz (hatto oldin bu dorini ichgan bo‘- lib, toshmalar toshmagan bo‘lsa ham);
  • keksalar yoki qandli diabet bilan og‘ri- gan kishilar oyoq kaftida yoki to‘pig‘ida bir- dan pufakchali toshma paydo bo‘lsa;
  • pufakli yara bir-ikki kunda tuzalma- sa, shuningdek, yiringlasa, atrofi qizarsa, harorat oshsa yoki og‘riq bersa;
  • diametri 5 sm katta pufakli yara pay- do bo‘lsa;
  • og‘iz atrofida pufakli yara paydo bo‘lsasababi noma’lum pufakli yaralar pay- do bo‘lsa.

Suvli pufakchalarni davolash usullari har xil bo‘lishi mumkin. Davolash usulini tanlash pufakchalar soni va ularning kelib chiqishiga bog‘liq. Biroq quyidagilarni e’- tiborga olish kerak.

Imkon qadar ularning butunligini buz- mang. Ochilmagan yara ostida teri tezroq bi- tadi. Shikastlangan teri ushbu suv ostida o‘zini yaxshi his qiladi.TERIDAGI SUVLI PUFAKChA

Agar siz ko‘p yursangiz va pufakli yara sizga halaqit bersa, unda istisno sifati- da uni yorish mumkin. Shifokorlar buni ste- ril shprisda qilishadi. Agar uy sharoiti- da o‘zingiz yarani yormoqchi bo‘lsangiz, ignani olovda biroz ushlab turing, keyin spirt bi- lan artib tashlang. Yaraning usti kichik te- shik hosil qiling, u orqali suvini chiqarib tashlang va bog‘lab qo‘ying. Yaraning ustini katta ochib yubormang. Yorilgan yara terisi- ni saqlab qoling, teri ostida shikastlangan joy himoyada bo‘ladi. Yorilgan va suvi chiqa- rilgan yaraga antibiotikli kremdan sur- ting, bir bo‘lak toza mato qo‘ying, bint bi- lan bog‘lang. Plastikli bog‘lamlarni ishlat- mang.

Teringizni bosim va ishqalanishdan saqlang. Oyoqlarda pufaklar paydo bo‘li- shidan eng yaxshi himoya ishqalanish joyiga

yopishqoq lenta qo‘yishdir. Shuningdek, tib- biy muolaja qilinmagan qadoqlar bo‘lsa ham ularga ham leykoplastir qo‘ygan ma’- qul.

Mayda pufakchalar shikastlanishidan, yorilishidan saqlaning. Mayda yorilgan pu- fakchali yaralarga yopishqoq bog‘lam qo‘y- ish yaramaydi. Bunday yaralarga vazelin- li bog‘lam, ustidan esa oddiy bint qo‘yib bog‘lash kerak.

Dorilar qabul qilinishi yoki infeksi- yali kasalliklar oqibatida kelib chiqqan pufakchali yaralarni shifokorga ko‘rsatish kerak (sababi noma’lum bo‘lgan yoki bir haf- tadan beri tuzalmaydigan pufakchali yara- larda albatta shifokorga murojaat qili- nadi). Bunday vaziyatda qo‘llanilayotgan do- rini almashtirish yoki infeksiyali yara bo‘lsa, antibiotik buyurish kerak bo‘lib qo- lishi mumkin.

tushda