TERI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI

TERI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI

TERI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI: Bu kasalliklar zamburug‘lar – mikroor- ganizmlar tomonidan chaqiriladi. Umuman olganda, tabiatda zamburug‘larning turla- ri juda ko‘p, biroq odam va hayvonda ka- sallik chaqiradigan turlari ko‘p emas.

Zam- burug‘lar bemor odam yoki hayvondan, ular foydalangan buyum-jismlardan yuqadi. Ka- sallik chaqiruvchi zamburug‘lar teriga tush- ganidan keyin kasallikhosil qilishiuchun ko‘p terlash, terning kimyoviy moyil tarki- bi, bemor yoshi, ichki sekresiya bezlarining holatlari kabi turtki bo‘luvchi holatlar ham bo‘lishi kerak.

Infeksiyali va surun- kali kasalliklar ham organizmning qarshi kurashuvchanligini sustlashtirib, ajral- gan ter tarkibi, soch, teri holatini o‘zgar- tiradi va kasallik paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

Zamburug‘li kasalliklarning klinik paydo bo‘lishi har xil. Ko‘pincha ular ayla- na ko‘rinishida, sirti oqimtir qipiqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Ba’zida kasallik o‘chog‘i atrofida bo‘rtib chiqqan aylana ho- sil bo‘ladi, uning usti ham qipiqli, po‘st- li bo‘ladi.

Kasallik o‘choqlari kattalashib, o‘zaro birlashib ketishi mumkin. Bemorni bir ko‘payib, bir kamayadigan qichish bezo- vta qilishi mumkin. Odatda kasallik o‘t- kir boshlanadi, keyin surunkali ko‘rinish- ga o‘tadi va yillar davomida kechadi. Agar terining sochli joydagi qismi kasallan- gan bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan holatlar- ga sochning shikastlanishi qo‘shiladi, bunda soch ildizi yonidan sinib ketaveradi. Ba’- zida kasallik kuchli yallig‘lanish jarayon- lari bilan kechadi.TERI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI

Oyoq kafti zamburug‘li yallig‘langanida kasallik moshday yoki no‘xotday kattalik- dagi pufakchali toshmalar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Bu toshmalar oyoq kafti yoni, tagi, barmoqlar orasini qamrab ola- di, ular yorilib, o‘zidan katta og‘riqli eroziya qoldiradi. Ko‘p bemorlarda bu yaralar qattiq qichiydi.

Eng ko‘p tarqalgan zamburug‘li kasallik- larga epidermofit va dermatomikoz kira- di.

  • Oyoqlar kafti epidermofit bilan og‘ri- ganda, ularni uyqudan oldin 10 daqiqaga ka- lendula va zolotoy us yog‘laridan 2 tomchidan tomizilgan iliq suvga botirib qo‘yish kerak.
  • Zolotoy us qaynatmasiga botirib olin- gan dokani yaraga 7 daqiqaga qo‘yish kerak.
  • Kalendula, jambil (dushitsa) va zolotoy us damlamalari aralashmasi yarali joyga surtiladi. Aralashmani tayyorlash uchun 2 tomchi kalendula, 2 tomchi jambil va 3 tom- chi zolotoy us olinadi va aralashtiriladi.
  • Deyarli barcha zamburug‘li kasalliklar- da yuzaga keladigan qichish holatini olish uchun 100 g asalga 1 osh qoshiq zolotoy us damlamasi aralashtiriladi va dokaga sur- tiladi, keyin o‘sha joyga qo‘yiladi.
  • Vishnevskiy surtma malhami. Tarkibi: 3 hissa qatron, 3 hissa kseroform, 100 his- sa kanakunjut (kastora) yog‘i. Uzoq vaqt bit- mayotgan jarohatlar, turli etiologiyaga ega yaralar, yotoq yaralari, zamburug‘li toshma- larda qo‘llaniladi.
  • Vilkinson surtma malhami. Tarkibi: kalsiy karbonat 10 hissa, tozalangan ol- tingugurt 15 hissa, suyuq qatron 15 hissa, naftalan surtmasi 30 hissa, yashil sovun 30 hissa, suv 4 hissa.
  • Qayin qatroni 10-30%li surtma dori- si parazitli va zamburug‘li teri kasalli- klarida, ekzemada, va boshqalarda qo‘llani- ladi.
tushda