TEMIRATKI davosi

TEMIRATKI davosi

TEMIRATKI davosi: Qizil tekis temiratki – qichituvchi tosh- ma bo‘lib, tananing istalgan joyida bo‘li- shi mumkin.

Bu turdagi toshmaga to‘p-to‘p bo‘lib xalqa, tasmalar shaklini hosil qilib chiqadi. Ay- rim hollarda yaralar birlashib, shagrensi- fat katta yarani paydo qilishadi. Ko‘pin- cha toshmalar qo‘l-oyoq bukilish joylari- da, tanada, jinsiy organlarda va ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida chiqa-

        

  1. Ba’zida terining faqat bir tomoni yallig‘lanadi. Qo‘l va oyoq kafti, yuzda kam- dan kam bo‘ladi. Toshmalar soni bitta (og‘iz bo‘shlig‘ida, jinsiy organlarda) yoki ko‘plab (tananing katta qismlarini qoplaydi) bo‘- lishi mumkin. Qattiq qichish bezovta qila- di. Bu bolalar va qariyalar uchun kamdan kam uchraydigan holatdir.

Qadim zamonlardan insonga dorivor o‘simliklar turli dardlardan qutulishda yaxshi yordam berib kelgan. Ularni qizil te- kis temiratkini davolashda ham keng qo‘l- lab kelishgan.

  • Rus tabiblari qizil tekis temiratki- ni davolashda cherkov ladanidan (o‘simlik- dan tayyorlangan xushbo‘y smola) foydala- nishni tavsiya qilishadi. Teng miqdorda (50 g) uni aloe sharbati va maydalangan sarim- soq piyoz solinadi, oxirida bitta tuxum sa- rig‘i qo‘shib yuboriladi. Hammasi sanchqi bilan aralashtiriladi. Dori sovutgichda saqlanadi. U bilan temiratki chiqqan joy- lar surtiladi. Har ishlatishdan oldin do- rini chayqatib yuboring.
  • Chakanda (oblepixa) yog‘i ham qizil tekis temiratkini davolashda samarali vosi- ta hisoblanadi. Bir bo‘lak doka yoqqa boti- rib olinadi va zararlangan joylarga yarim soatdan bir soatgacha bostiriladi. Chakanda yog‘ini ichish ham kerak. Har kuni och qoringa ertalab bir mahal yarim qoshiqdan ichila-. di. Muolajalar toshmalar yo‘qolguncha qi- linadi.
  • Qizil tekis temiratkini davolashda suyultirilmagan olma sirkasi ham qo‘l- laniladi. Sirkaga botirilgan paxta za- rarlangan joylarga 10 daqiqaga bostirib qo‘yiladi. Kuniga 4-6 marta muolaja qi- lish tavsiya etiladi. Olma sirkasi o‘rniga klyukva yoki kalina sharbatlari qo‘llanili- shi mumkin.
  • Temiratki yaralariga qizil lavlagi ustiga bir qavat doka o‘rab, bostirib qo‘yish ham yordam beradi. Lavlagi qurisa boshqa- siga almashtirish kerak. Muolaja temirat- ki yaralari yo‘qolguncha o‘tkaziladi.
  • Xalq tabobatida kalendula qizil tekis temiratkini davolashda keng qo‘llaniladi, bu maqsadda undan qaynatma, damlama va spirtli damlama qilinadi. Spirtli dam- lama dorixonalarda sotiladi. Oddiy dam- lama esa uy sharoitida 2 osh qoshiq giyohni 1 stakan qaynoq suvga damlash bilan tayyor- lanadi. Uni malhamli paxta tayyorlab, yara- larga bostirib qo‘yish uchun qilishadi.
  • Uy sharoitida kalenduladan surtma dori tayyorlanadi: kalendula to‘pguli (10 g) maydalanib, vazelin (50 g) bilan ara- lashtiriladi. Uni temiratki toshgan joy- ga surtish kerak.
  • Yana bitta samarali surtma dorilardan biri qayin qatroni hisoblanadi, uni (150 g) ikkita tuxum sarig‘i va yangi qaymoq (100 g) bilan aralashtiriladi. Temiratki bilan yallig‘langan joylarga surtiladi.
  • Ayrim tabiblar sovuq suv quyib chi- niqishni ham maqtashadi. Bu nafaqat ta- naning sog‘lom-tetik bo‘lishiga yaxshi yor- dam beradi, balki terining kislorod bi- lan to‘yinib, yaralar bitishiga olib ketadi.
  • Qariqiz (lopux) ildizi va qulmoq g‘udda- si (shishki xmelya)dan 2 osh qoshiqdan, kalen- duladan 1 osh qoshiq olinib, ustidan 1 sta- kan qaynoq suv quyiladi, qaynab chiqquncha olovda ushlab turiladi, keyin uni dokadan o‘tkazib olinadi. Qaynatma vazelin bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan surtma temiratki yaralariga kuniga bir necha marta surtiladi.
  • Bir xil miqdorda bargizub, qizilpoycha (zveroboy) va shuvoq (polsh), oltinmingli (zolototgsyachnik), dastorbosh, qirqbo‘g‘in (xvosh;) bir xil miqdorda olinadi va ara- lashtiriladi. Giyohlar aralashmasidan 2 osh qoshiq olinib, bir litrli termosga soli- nadi va ustidan qaynoq suv quyiladi. Er- talab damlama dokada suzib olinadi, yarim stakandan ichiladi. Damlama 3 oy davomi- da ichiladi, ikki hafta dam olib, giyohlar to‘plami almashtiriladi.

Quyidagi giyohlar to‘plamidan ham xuddi shunday damlama tayyorlanadi:

  1. a) kopeechnik (ildizi), beda (guli), qayin (kurtagi), shuvoq (o‘ti), momaqaymoq (ildi- zi), ittikanak (chereda);
  2. b) pijma (guli), bo‘znoch (guli), zolotarnik (o‘ti), qizilpoycha (ildizi), archagul (o‘ti);
  3. v) bo‘tako‘z (guli), sushenitsa (o‘ti), na’ma- tak i chetan (mevasi), lapchatka i gulsapsar (ildizi);
  4. g) qora buzina (guli), qichitqi (bargi va poyasi), momayqaymoq (ildizi), qizilpoy- cha (o‘ti), qayin (kurtagi), qora archa (meva- si).
tushda