Seborey dermatit davosi

Seborey dermatit davosi

Seborey dermatit – bu organizmning achitqi zamburug‘larining bir turiga qar- shi reaksiya berishi oqibatida yuzaga kela- di. Bunda boshning soch o‘sgan terisida sho‘- ralash va kuchli qichish bilan kechadi. Bu dermatitni davolashda zamburug‘ga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi, chunki zam- burug‘ yo‘q bo‘lishi bilan kasallik ham yo‘- qoladi.

Deyarli har ikkinchi odamda qazg‘oq bo‘la- di, ya’ni seborey dermatit. Davolash usuli sizda yog‘li seboreymi yoki quruqligiga qa- rab tanlanadi.

  • Moychechak, kalendula va bargizub qay- natmasi. Bir xil miqdorda moychechak guli, kalendula guli va bargizub bargi olinadi, aralashtiriladi va damlama tayyorlanadi, u bilan bosh chayiladi.
  • Devyasil, qariqiz (lopux) va qizilpoy- cha (zveroboy)dan qaynatma. Devyasil il- dizi, qariqiz ildizi va zveroboy o‘tidan bir xil miqdorda olinib aralashtirila- di va 4 osh qoshiq aralashmadan olinib, 300 ml qaynoq suvga bir kechaga termosda dam- lanadi. Ertalab bosh terisiga surtiladi, chayib tashlash kerak emas.
  • Piyozdan bo‘tqa tayyorlanadi. O‘rtacha kattalikdagi bosh piyoz qirg‘ichdan o‘tkazi- ladi, 1 choy qoshiq chakamug‘ yog‘i qo‘shiladi va aralashtiriladi. Bosh yuvilganidan keyin, qorishma boshga surtiladi, ustidan rezi- na qalpoq kiyiladi. Yarim soat turganidan

so‘ng yuvib tashlanadi. Piyoz o‘rniga bir bosh sarimsoq piyozni olish mumkin.

  • Eman daraxti po‘sti qaynatmasi. 1 osh qoshiq yosh eman daraxti po‘sti 1 stakan qay- noq suvga termosda bir kechaga damlanadi. Unga 1 choy qoshiq asal qo‘shiladi va bosh te- risiga ishqalab surtiladi. Yarim soat tur- ganidan so‘ng, iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu vosita faqat yog‘li seboreyada qo‘llani- ladi.
  • Sarimsoq piyoz bilan qichitqi o‘t bo‘tqa- si yaxshi yordam beradi.
  • Bir bosh sarimsoq piez ezilib maydalanadi, unga teng miq- dorda yangi uzilgan qichitqi o‘t barglari va ikki osh qoshiq zig‘ir yog‘i solinadi. Bo‘tqa- ni boshga surtib, ustidan polietilen shap- ka kiyiladi va ikki soat ushlab turiladi. Qayin bargidan qaynatma qilinadi (4 osh qoshig‘i bir litr qaynoq suvda qaynatila- di) va shu bilan boshdagi bo‘tqa yuviladi. Bu retsept quruq seboreyada qo‘llaniladi.
tushda