QIPIQLI TEMIRATKI davosi

QIPIQLI TEMIRATKI davosi

QIPIQLI TEMIRATKI davosi: Psoriaz – surunkali noinfeksiyali ka- sallik bo‘lib, asosan terini zararlovchi dermatozdir. Bugungi kunda bu kasallik- ning autoimmun tabiatga ega deb taxmin qilinmoqda. Odatda, psoriaz kasalligi terida biroz do‘ppayib chiqqan juda quruq bo‘lgan qi- zil dog‘lar hosil qiladi. Biroq ayrim be- morlarda bu kasallikning ko‘rinarli bel- gilari bo‘lmaydi. Bu kasallik bilan paydo bo‘lgan dog‘lar psoriaz yaralari deyiladi. Bu yaralar tabiatiga ko‘ra surunkali yallig‘la- nish joylari hisoblanadi.

Psoriaz paydo bo‘lish sabablariga shu- ningdek, endokrin buzilishlar, bemor im- mun tizimida o‘zgarishlar, moddalar alma- shinuvi izdan chiqishi, turli asabiylashi- shlar va stresslar kiradi. Aytish lozimki, bu kasallik shifokorlar uchun oxirgacha o‘r- ganilmagan sir bo‘lib qolmoqda.

Remissiyadan so‘ng kasallik belgila- ri qayta paydo bo‘ladi. Tirsak, tizza, bel- da pushti-qizil tugunlar yuzaga chiqib, asta-sekin bitta yaraga birlashadi, uning usti oqimtir qipiqlar bo‘lib, osonlik bi- lan ajralib chiqadi. Psoriaz bilan og‘ri- gan bemorlarga dengiz suvlarida cho‘milish va vodorod sulfidli vannalar tavsiya eti- ladi. Oddiy dastorbosh qaynatmasi va do- rivor sovunak qaynatmasidan vannalar qa- bul qilish yaxshi samara beradi.

  • Dorivor gulxayri (altey) ekstrakti 15 ml dan 3 mahal ovqatdan keyin 1-3 hafta da- vomida ichiladi. Shaxsiy gigiena qoidala- ri haqida unutmang.

 

  • Ittikanak (chereda) ekstrakti ichga 20- 30 tomchidan 3 mahal ovqatdan oldin 12-15 kun davomida ichiladi.
  • Ittikanak surtma dorisi zararlangan teriga kuniga bir mahal surtiladi. Vaze- lin bilan lanolin (1:1) aralashmasiga giyoh- ning quyuq ekstrakti qo‘yiladi.
  • Ittikanak damlamasi: 20 g giyoh 0,5 mm kattalikda maydalanib, idishga solina- di, xona haroratidagi 200 ml suv quyiladi, tez-tez aralashtirib turgan holda suv ham- momida 15 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olib, xona haroratida 45 daqiqa sovutila- di. Keyin dokadan, so‘ngra paxtadan o‘tka- ziladi, 200 ml gacha suv qo‘shiladi. 1 osh qo- shiqdan kuniga 2-3 mahal ichiladi.
  • 3 osh qoshiq ittikanak o‘ti 2 stakan suv- ga solinib, 10 daqiqa qaynatiladi, undan malhamli paxta tayyorlash uchun foydala- niladi. Ittikanak vanna ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. 10 g ittikanakdan damlama tayyorlanadi va vannadagi suvga quyiladi, 200 g osh tuzi (yoki dengiz tuzi) ham qo‘shi- ladi. Vannadagi suv 37-38 °S bo‘lishi kerak.
  • Malhamli paxta: qushko‘nmas (chertopo- lox) sharbati, grshnik sharbati, chernika mevasi qaynatmasi bir xil miqdorda oli- nadi.

 

tushda