QIChIMA davosi

QIChIMA davosi

QIChIMA davosi: Qichima-teri ostiga kirib olib, tuxum qo‘yadigan kanalar tomonidan yuqtirilgan teri infeksiyalaridir. Bu juda kuchli qi- chishishni uyg‘otadi.

Qichima kanasi faqat inson terisida yashaydi va ko‘payadi. Shu narsa ma’lumki, agar qichimani o‘z vaqtida yengib, davola- masa, uch oy davomida miqdori 150 mln tadan iborat 6 avlod qichima kanalar dunyoga kelishi mumkin.

Kasalni yuqtirish bemor inson bilan be- vosita muloqotda bo‘lganda yoki u foydalan- gan buyumlari (kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va b.) orqali yuz beradi.

Urug‘langan urg‘ochi kana terining ust- ki qatlamlarida o‘ziga xos kana yo‘llarini ochib, tuxum qo‘yadi. Ko‘p vaqt o‘tmay ulardan lichinkalar tug‘iladi.

Lichinkalar epidermisning ustiga chiqib, o‘sha yerda yashovchi erkak kanalar bilan teri- ni chaqadilar, shu yo‘sinda qichishga va teri- ni qashlab tirnalishiga sababchi bo‘ladilar.

Qichima kananing sevimli makonlariga qo‘l kaftining barmoqlar orasi, bilak va tirsaklar qismidagi bo‘g‘imlar, qorin, bel, tos, dumg‘aza qismlari, ayollar ko‘kragi, er- kaklarning jinsiy organlari kiradi.

Qichimani davolashda quyidagi qoida- larga rioya qilish lozim:

-bemorlarni majburiy tarzda statsionar yoki ambulator sharoitda davolash;

-qichimani yuqtirish manbalarini aniq- lash;

-qichimani tuzalganligini nazorat qi- lish;

-qichimaga yo‘liqqan bemorning kiy- im-kechagini, ko‘rpa-to‘shagini albatta de- zinfeksiya qilish.

 

Bemor foydalangan buyumlar albatta de- zinfeksiya qilinishi zarur. Ko‘rpa-to‘shak, sochiqlar, ichki kiyimlar 1-2 % li soda yoki ixtiyoriy kir yuvish vositasi eritmasida qaynab chiqqandan so‘ng 10 daqiqa davomi- da qaynatiladi. Ustki kiyim ikki tarafi- dan yaxshilab dazmollanadi. 55 gradusdan yuqori haroratda yuvish tavsiya etilmagan kiyimlar maxsus aerozol bilan dezinfek- siya qilinadi. Qichima bilan kasallangan- larning xonasida har kuni pol va uy-ro‘zg‘or buyumlari 1-2 % li soda-sovunli eritma bi- lan tozalanadi. Qichima kanasi juda mu- loqotbop mollyuska bo‘lgani uchun jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (sifilis, gonoreya) hamrohidir, shuning uchun qichima kasalligidan halos bo‘lgach, teri-tanosil kasalliklarini tarqatuvchi infeksiyalar- ga tahlillar topshirish lozim.

  • Qichima kanasidan qutulishning juda oson yo‘li mavjud. Smetana yoki kefirda qora porox (ovchilardan olish mumkin) 3:1 nisbatda (bir qism porox, uch qism kefir yoki smetana) eritiladi. Erib bo‘lgach, iliq joy- ga ikki yoki uch soatga qoldiriladi, vaqti- vaqti bilan qorishma aralashtiriladi. Bu qorishma terining zararlangan joylari- ga surtiladi. Ochiq joyli teri usti biron narsa bilan qoplanadi. Ertasi kuni cho‘mi- lib, shu qorishmani takror surtish kerak.

 

         ^

Uch marotaba qo‘llanilgandan so‘ng qichima- dan asar ham qolmaydi.

  • Oddiy sigareta olib, yoqiladi va un- dan hosil bo‘lgan kul bilan bevosita yara- langan joyga surtiladi. Undan so‘ng ol- tingugurt surtmasi bilan surtib, ustidan leykoplastir yopishtiriladi. Bu tekinxo‘r kanalarga havoni kirib kelishini to‘sish uchun qilinadi. Kuniga 4 ta shunday muo- laja bajariladi. Suvga tekizilmasligi lozim.
  • 4 osh qoshiq cho‘chqa charvisi olib, sir- langan idishda qizdiriladi va unga may- dalangan andiz (devyasil) ildizi solina- di. Qaynashga yetgandan so‘ng, past olovda 15 daqiqa ushlanadi. Sovishiga yo‘l qo‘ymay durshlag ustiga qo‘yilgan dokadan o‘tkazi- ladi. Bir oz vaqtdan so‘ng 2 osh qoshiq qay- in (bereza) qatroni va 2 osh qoshiq oltin- gugurt qo‘shiladi, hosil bo‘lgan aralashma shisha idishga (bankaga) solinadi. Bir xil turdagi bo‘tqa hosil bo‘lishi uchun yaxshilab aralashtiriladi. Zararlangan joylarga ku- niga 2-3 mahal surtiladi.
  • Shikastlangan terini andiz (devyasil) ildizidan tayyorlangan qaynatma bilan ham chayish mumkin. Buning uchun 50 gr an- diz ildiziga 1 litr suv quyiladi, olovga qo‘yib 20 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra doka yordamida suzib olinadi.

 

  • Qichimani boshqa yo‘l bilan ham da- volash mumkin. Retseptga quyidagilar za- rur: 1 osh qoshiqdan eritilgan yog‘ (dumba) va qirg‘ichdan chiqarilgan kir sovun, 1 choy qo- shiq qayin qatroni, 2 choy qoshiq oltingu- gurt. Bir turdagi qorishma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan malhamni yaralangan joylarga surtish lozim.
  • Navbatdagi retseptni qo‘llash juda oson- dir. Bir bo‘lak kir sovun mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi, yopishqoq bo‘tqa hosil bo‘lguncha bir oz suv solinadi, so‘ngra past olovga qo‘y- iladi. Bitta piyoz va sarimsoqni qirg‘ich- dan o‘tkaziladi. Kir sovun bir xil turdagi qorishmaga ega bo‘lgach, unga piyoz va sarim- soq qo‘shiladi. Bu qorishma sovigach, undan o‘zingizga qulay shakldagi sovunni yasang va u bilan yuvining.
  • Bolalarda qichimani davolash. Bi- ror-bir idishda iliq suvda ko‘p miqdor- da ko‘pik hosil bo‘lguncha sovun bo‘lagi eri- tiladi. Gubka yordamida bolaning tanasiga ko‘pikni shunday surtiladiki, ko‘pik teri ustida qolishi lozim. O‘ttiz daqiqa tur- gach, bola iliq suvda yuvintiriladi. Muola- jadan so‘ng bola terisiga quyidagi malham surtiladi: 2 qism oltingugurt (kukuni), 1 qism karbonat angidrid ishqori va 1/8 qism charvi, ya’ni ichki yog‘ olinadi. Bir oz- dan so‘ng qichishish alomatlari paydo bo‘l- ganda malham yuvib tashlanadi, bola ustiga toza kiyim kiydiriladi.
  • 500 ml kungaboqar yog‘i tovonchada qattiq qizdiriladi va 1 kg pomidor 20 daqiqa da- vomida qovuriladi. Pomidorlarni o‘zini ovqatlarga solish uchun olib qo‘yiladi, hosil bo‘lgan suyuqlikni esa elakdan o‘tkazilady va davolanishda ishlatiladi. Barcha zararlan- gan joylarga kuniga 3 mahaldan surtiladi. Kasallik iz qoldirmay ortga chekinadi.
  • 0,5 stakan krushina po‘stlog‘iga 0,5 l suv quyib, olovga qo‘yiladi. Qaynab chiqqach, 12 daqiqaga past olovda ushlanadi. So‘ngra qo- pqog‘ini yopib, ustidan paxmoq sochiq bi- lan o‘raladi. 20 daqiqa tindirib, tananing shikastlangan joylariga kuniga 2 mahal surtiladi. Bu qaynatmaning ta’sir qilish muddati individualdir, bu avvalo kasal- likning kechish davriga bog‘liq bo‘ladi, le- kin u haqiqatdan juda yordam beradi.
  • Shikastlangan joylarga lavanda yog‘ini ham surtish mumkin.
  • Agar bo‘rni maydalab, elakdan o‘tkazil- sa va terining zararlangan joylariga qo‘y- ilsa, qichimadan iz ham qolmaydi.
  • Qichimaga qarshi surtma dori sifatida sarimsoq bilan qaynatilgan xantal (gorchi- sa) yog‘ini ham qo‘llash mumkin. 100 g sarim- soq bo‘tqasiga 0,5 l xantal yog‘i qo‘shib, past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi, uni tez-

 

tez aralashtirb turish lozim. Qaynatma do- kadan suzib olinadi, so‘ngra qorong‘i va salqin joyga saqlash uchun qo‘yiladi.

  • Hajmiy ulushi teng bo‘lgan sarimsoq kuli, shinni (patoka) va sariyog‘ olinadi. Qichimadan zararlangan joylarga kuniga bir necha mahal surtiladi.
tushda