QADOQ davosi

QADOQ davosi

QADOQ davosi: qadoq terining shox qatlamida uzoq vaqt davomida ishqalanishi yoki bosim ostida bo‘lishi oqibatida katta bo‘lmagan qalin- lashgan joy ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Qa- doq uzoq jismoniy ishdan so‘ng yoki biron asbob-uskunani ushlab turganda qo‘llarda, noqulay va tor poyafzal kiyish oqibatida oyoqlarda paydo bo‘ladi. Poyafzalning pa- tagi tekis bo‘lmasa, oyoq ostida ham chiqishi mumkin. Qattiq poyafzaldan qadoqlar oyoq barmoqlarida, barmoqlar bilan oyoq osti orasidagi bukilgan joyda yuzaga keladi. Ba’ziDa ular og‘riqli bo‘lib, yurishni qiy- inlashtiradi.

Qadoq yuzidagi shikastlanish oqibati- da darz ketishi, unga mikroblar tushishi va saramas yallig‘lanishi, flegmona va boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Qadoq paydo bo‘lganda, uni keltirib chiqargan sa- babni va zarur bo‘lsa qadoqning o‘zini ham yo‘qotish lozim. Bunda qo‘l va oyoqlar teri- siga to‘g‘ri parvarish zarurdir.

Tabiblar qadoqlarni yo‘qotishda quyi- dagilarni tavsiya etadilar:

  • Muntazam ravishda qadoqqa sutda qay- natib olingan qora olxo‘rini qo‘yish kerak.
  • Duxovkada sarimsoq piyozni pishirib olib, sariyog‘ bilan aralashtiriladi va qa- doqqa tez-tez qo‘yib turiladi. Qadoqni yaxshi yumshatadi.
  • Mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan sarimsoq piyoz bilan eritilgan charvi yog‘i aralashti- riladi va qadoqqa qo‘yiladi. Ustidan doka bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bu eng eski vosita- lardan biridir.
  • Pishmagan kartoshka qirg‘ichdan o‘tkazi- lib, qadoqqa qo‘yiladi va ustidan doka bi- lan bog‘lab qo‘yiladi.
  • Agar qadoq oyoq ostida bo‘lsa, har kuni ertalab shudring bosgan o‘tlar ustidan yuring.
  • Istalgan ignabargli daraxtning yangi olingan smolali yelimi (jivitsa)ni qadoqqa qo‘ying, ustidan plastir bilan mahkamlab, bir sutka davomida yuring. Zarur bo‘lsa, mu- olajani qaytaring.
  • Non mag‘zini jo‘ka (lipa) asali bilan 2:1 nisbatda aralashtiring, oyoqlarni bug‘da yumshatib, malhamni qadoqqa qo‘ying va ustidan doka bilan bog‘lab qo‘ying. 2-3 sut- kadan so‘ng bog‘lamni yechasiz. Ko‘pincha bit- ta muolajaning o‘zi yetarli bo‘ladi. Bittada qadoq yo‘qolmagan bo‘lsa, muolajani qayta- ring.
  • Qadoqni bug‘da yumshating, ustki qatla- mini kesib tashlang, unga qizitilgan pro- polis bostirib qo‘ying, bint yoki plastir bilan mahkamlang. Bir hafta bog‘lamni yech- mang. Zarur bo‘lsa muolajani qaytaring.
  • Uyqudan oldin oyoqlarni bug‘da yumsha- ting, keyin quruq artib, limon po‘stini (biroz mag‘zi qolgan bo‘lsin) qo‘yib bog‘lab qo‘ying va 6-7 soat davomida bog‘lamni yech- mang. Bu muolajani yotishdan oldin qi- lish qulaydir.
  • Sirenning yashil bargi ustiga eritil- gan oddiy sovun surtib, bugda yumshatil- gan qadoqqa bostirib qo‘ying va ustidan bog‘lang. Bog‘lamni har kuni almashtiring.
  • Bosh piyoz po‘stini bir idishga solib, usti qoplanguncha oshxona sirkasini quy- ing. Idish qopqog‘i mahkam yopilib, ikki haftaga olib qo‘yasiz. Ikki haftadan so‘ng piyoz po‘stini biroz quritib, qadoqqa bo- stirib qo‘ying. Qadoq atrofidagi teriga yog‘li krem surting. Doka bilan bog‘lab, is- siq paypoq kiyib uxlashga yoting, ertalab bog‘lamni yeching. So‘ngra oyoqni bug‘da yumsha- tib, qadoqni qirib tashlang. Agar bir mar- tada qadoqni yo‘qota olmasangiz, muolaja- ni qaytaring.
  • Qadoq bug‘da yumshatilib, olcha, olma, o‘rik, olxo‘ri daraxtlaridan terib olingan yangi yelimni qo‘yib, ustidan bog‘lab qo‘ying.
  • Dorivor kalendulaning yangi uzilgan barglari bo‘tqa holiga kelguncha ezib, qa- doqqa qo‘yish kerak. Bu muolajani kuniga bir necha marta qilish lozim.
  • Quruq qadoqqa momaqaymoqning sutli sharbatini surkash kerak.
  • Har kuni oyoqlarni issiqqina qatiq zardobiga 30 daqiqa botirib qo‘ysangiz, un- dagi qadoqlar yo‘qoladi. Bu tarzda davola- nish uzoq cho‘ziladi, biroq yaxshi samara be- radi.
tushda