Peroral dermatit davosi

Peroral dermatit davosi

Peroral dermatit davosi: Peroral dermatit – ko‘pincha kosme- tikadan foydalanadigan ayollarda uchrab, og‘iz, burun va ko‘z oldida sho‘ralagan papu- lyoz teri uchastkalari paydo bo‘ladi. Kasal- lik terining kosmetikadagi ayrim modda- larga kuchli ta’sirlanishi va o‘sha yer biroz qizarishi bilan boshlanadi. Agar bu holat- ga sabab bo‘lgan omil yo‘qotilmasa, teri- ning o‘sha yeri ko‘karib, ishadi, yiringli tugunlar paydo bo‘ladi, qon tomirlari ken- gayib, teri dag‘allashadi.

Bu dermatitni davolashda xalq tabobati- da terini turli qaynatmalar bilan artish va yuvish tavsiya etiladi.

  • Kalendula va chistotel qaynatmasi yaxshi yordam beradi. Kalendulaning mayda- langan guli, chistotel, qizilpoycha (zvero- boy) va dastorbosh (tmsyachelistnik) o‘tlari- dan bir xil miqdorda olib, ularning ara- lashmasidan 4 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvda suv hammomida 10 daqiqa qaynatila- di. Suvi suzib olinadi va iliq holida ka- sallangan teri qismi artiladi.
  • Quyidagicha giyohlar to‘plami qilish ham tavsiya etiladi. Kalendula va moychechak gullari, bargizub va mavrak (shalfey) barg- lari, devyasil ildizidan 15 g dan, qizil- poycha (zveroboydan) 20 g olinadi. Aralash- madan 1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvga damlanadi. Damlama yuzni artish uchun qo‘l- laniladi, shuningdek, kuniga uch mahal 1/3 stakandan ovqatdan oldin ichiladi.
tushda