Oyoq kafti zamburugi

Oyoq kafti zamburugi

Oyoq kafti zamburug‘li infeksiyasini jamoat joylarida yuqtirib olish mumkin, ular poyafzalning issiqqina va nam muhi- tida yaxshi rivojlanadi.

Mikoz (zamburug‘) – bu tirnoq, teri va bo- shqa organlar kasalligi bo‘lib, ko‘zga ko‘rin- mas zamburug‘-parazitlar tomonidan chaqi- riladi. Mikoz bilan zararlanish gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ke- lib chiqadi. Birovning oyoq qiyimi, yuvinish vositasi, sochig‘idan foydalanish orqa- li zamburug‘ni yuqtirib olish mumkin. Bu parazitlarni umumiy hammom va dushxona- larda ham ortirib olish hech gap emas. Agar oyoqlar ko‘p terlasa, yara-chaqa, shikastlani- shlar yoki qon tomirlari varikozi bo‘lsa, bu kasallikka yo‘liqish xavfi yanada ortadi.

Oyoq kafti mikozini davolashda xalq ta- bobati usullari:

  • Bu kasallikni davolash uchun oyoqning kasallangan hsoylariga propolisning 20- 30 % spirtli eritmasini surtish tavsiya etiladi.
  • Bir necha bosh piyozni ezib maydalab, oyoqning zararlangan joyiga bostirib qo‘y- ish kerak.
  • Vanna qabul qilingandan so‘ng, oyoqqa chistotel o‘ti qaynatmasidan vannachalar qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 4 osh qoshiq o‘t maydalanib, 6 stakan suvda 4-5 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmani dokadan o‘tkazib olib, oyoqlarni 30 daqiqa bugla- ting. Bir kunda bir necha marta mazkur qay- natmaga paxtani botirib olib, zararlangan joyga qo‘ying.
  • Mikozni davolash uchun oyoq yaxshilab yuvilib, uzum sirkasiga oyoqni botirib olish kerak. Keyin kechasiga bu sirka bilan bo‘ktirib olingan paypoqni kiyib yotish kerak.
  • Mikozni davolashda sutlama (molochay) ham tavsiya etiladi. Buning uchun giyohning bir bog‘i 2-3 l qaynoq suvga solib, 1-2 soatga issiq o‘rab damlab qo‘yiladi. Damlama tay- yor bo‘lgach, issiqligicha 30-40 daqiqa davo- mida oyoqlarni solib, vannacha qilish lo- zim. Bunday vannachalarni har ikki kunda to tuzalib ketguncha qilish kerak.
  • Chetan (ryabina)ning yangi uzilgan barg- lari ezilib, zararlangan teriga qo‘yiladi. Ustidan bint bilan bog‘lanadi, bog‘lam har kuni almashtiriladi.
  • 1 choy qoshiq tuz 1 l qaynoq suvga so- linadi va aralashtiriladi. Suv sovigan- da, undan bir osh qoshiq olinib, bir tish- cha sarimsoqpiyozning ezilganiga solinadi. Hosil bo‘lgan aralashma dokadan o‘tkazib, chiqib olinadi. Ushbu suyuqlikka yana to‘rt osh qoshiq tuzli suvdan solinadi. Kuniga 1-2 marta ushbu malham bilan mikozga cha- lingan oyoqlarni ho‘llab turish kerak. Bun- day eritmani 12 soat davomida sovutgichda saqlashingiz mumkin.
  • Kechqurun uyquga yotishdan oldin achchiq kofega oyoqlarni botirib qo‘ying. Bunday bir necha muolajadan so‘ng mikoz to‘liq yo‘q bo‘lib ketadi. Teri esa mayin, silliq bo‘la- di, og‘riq va qichish esa yo‘qoladi.
  • Dorivor tizimgul (verbena) o‘ti, kalen- dula to‘pguli, ko‘kimtir maymunjon (yejevika) mevasi, dala qirqbo‘g‘ini 2 qismdan va eman daraxti po‘stlog‘i 3 qism olinadi va aralashtiriladi. Aralashmaning 3 osh qo- shig‘i 1 stakan suvga solinib, 15 daqiqa qay- natiladi, so‘ngra dokadan o‘tkazib olinadi. Qaynatma iliq holida yuvish va malhamli paxta qilish uchun qo‘llaniladi.
  • Oddiy durnishnik barglari ezilib, suvi siqib olinadi va mikoz bilan zarar- langan joylarga surkab qo‘yiladi.
  • Hovonchada qora turp urug‘i eziladi, unga ozroq so‘v solib, bo‘tqa qilinadi. Bu malham mikoz bilan zararlangan oyoqqa ku- niga 1-2 marta 7-10 daqiqaga qo‘yiladi.
  • Choy daraxtidan olingan toza yog‘ni oyoq kaftining zararlangan terisiga surtib chiqiladi. Suv bilan yuvib tashlanmaydi. Bu muolaja har kuni mikoz to‘liq tuzal- guncha qilinadi.
  • Yong‘oqning barglaridan 2 osh qoshiq olinib, 1 l suvda 10 daqiqa qaynatiladi va 20 daqiqa damlanadi. Mazkur damlama do- kadan o‘tkazib olinadi, oyoq kaftining za- rarlangan joyiga malhamli paxta yoki kom- press sifatida qo‘llaniladi.
  • Qayin qatroni zamburug‘ga qarshi xos- saga ega bo‘lib, sirtga qo‘llashda uning 5-10% konsentratsiyada o‘zini yoki salitsil kislota va oltingugurt bilan aralashma- si ishlatiladi.

        

  • Oyoq mikoziga qarshi quyidagi vosita ham qo‘llaniladi: 10 g sholg‘om archilgan po‘- sti 2 l suvda qaynatiladi. Bu qaynatmada oyoqlar bug‘lanadi. Muolaja mikoz butunlay yo‘q bo‘lguncha qilinadi.
  • Zararlangan oyoq terisiga lavanda yog‘i- ni surtib, yotish kerak. Kechasi bilan oyoq qu- rib qoladi. Bu muolajani bir necha kun qi- lish kerak.
  • Oyoq zamburug‘iga qarshi vositalarning yana biri oqqarag‘ay (pixta) yog‘i bo‘lib, uni paxtaga botirib, zararlangan joyga bosti- rib qo‘yish kerak. Mikoz butunlay yo‘q bo‘l- guncha qaytarish kerak.
  • Qovoqni to‘g‘rab, mag‘zini oyoqqa qo‘yish kerak va usti sellofan bilan o‘rab, bint bi- lan mahkamlab qo‘yiladi. Kompress faqat ikki kundan so‘ng yechiladi. So‘ngra kir so- vuni bilan yuviladi va yana qaytariladi. Mazkur muolajani bir oy davomida qayta- rish kerak.

Bir vaqtning o‘zida har kun ertalab och qo- ringa 50 ml dan qovoq damlamasi ichiladi. Damlama tayyorlash uchun yarim litrli ban- kaga qovoq mag‘zi solinib, ustidan aroq quy- ib to‘ldiriladi va bir hafta damlanadi.

  • Qizil buzinaning quritilgan ildizi- dan 2 osh qoshiq olinib, 800 ml qaynoq suv- ga solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi. Qay- natma dokadan o‘tkazib olinib, 2 l qaynoq

 

suvga qo‘shiladi. Shu suv issiqligida oyoqlar 10 daqiqa davomida bir kunda bir mar- ta vanna qilinadi. Vannadan so‘ng oyoqlar yuvilmaydi va artilmaydi.

tushda