GERPES davosi
GERPES davosi: Gerpes – bu teri yoki shilliq qavatning virusli kasalligi bo‘lib, unda pufakcha- li toshmalar to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Odatda gerpes lablarda katta bo‘lmagan 2-3 mm pu- fakli toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘la- di. Ular tez, bir necha soat ichida toshadi.
Ko‘pincha o‘sha joy toshishdan oldin qiza- rib qichishadi. Avval pufakchalar shaffof ko‘rinishda bo‘ladi, 2-3 kundan keyin ular yiringlab, ichidagi suyuqlik xiralashadi. Kasallikning 4-5 kuni pufakchalar quriy- di yoki yoriladi va ularning o‘rnida seroz-ge- morragik po‘st hosil bo‘ladi.
7-10-kuni ular ajralib tushadi vauningo‘rnida qizg‘ish-ji- garrang dog‘ qoladi, biroq dog‘ asta-sekin yo‘q bo‘ladi. Ba’zida bir vaqtning o‘zida yoki 1-2 kun oraliqda bir necha joyda toshmalar to- shadi, odatda ular bir-biriga yaqin bo‘la- di. Gerpes istalgan joydagi terida chiqishi mumkin, biroq ko‘pincha lablarda, burunda, jinsiy organlarda, dumbada paydo bo‘ladi.
Ayrim kishilarda gerpes toshmalari tez- tez qaytarilib turadi va bemorga ham jis- man, ham ruhan qiyinchilik tug‘diradi. Gerpes toshishiga sovuq yeyish, stress hola- ti, ba’zida shikastlanish, isitmali kasal- liklar turtki bo‘lishi mumkin. Shuni unut- mangki, bu kasallikning ilk belgilari – lab atrofi qizarib, achishi kabilar paydo bo‘lishi bilan kasallikning oldini olish mumkin.
Davolash prinsipi toshmaning qaerda joylashuviga bog‘liq. Adaptogen guruhida- gi dori vositalari qo‘llanilishi mumkin, ular organizmning o‘z interferonlarini ishlab chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, virus va yallig‘lanishga qarshi dori vosita- lari buyuriladi.
- Baland araliya damlamasi 30-40 tomchi- dan kuniga 3 mahal ichiladi.
- Baland zamanixa damlamasi 30-40 tom- chidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin ichi- ladi.
- Oddiy jenshen kuniga 3 mahal 20 tom- chidan ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qi- linadi.
- Eleuterokokkning spirtli ekstrakti 20-40 tomchidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir oy davomida ichiladi.
- Dorivor melissa damlamasi (2 osh qo- shig‘i 2,5 stakan qaynoq suvga damlanadi – kun davomida ichiladi).
- Teshik bargli qizilpoycha (zveroboy) o‘ti (2 osh qoshiq quruqo‘t bir stakan qaynoq suvga qaynatiladi) qaynatmasi yarim sta- kandan 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
- Dorivor mavrak barglari (2 osh qoshiq barglari 2,5 stakan qaynoq suvga damlana- di) damlamasi 1 osh qoshiqdan har 3 soatda ichiladi.
- Dorivor kalendula guli damlamasi (1 osh qoshiq guli 1 stakan suvda damlanadi) 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichiladi.
- Achchiq shuvoq damlamasi (1 choy qoshiq o‘t 1 stakan qaynoq suvda damlanadi) 1 desert qoshiqdan 3 mahal ovqatdan yarim soat ol- din ichiladi.
- Devyasil ildizi bilan ildizpoyasi qay- natmasi (2 osh qoshiq quruqo‘ti yarim stakan suvda damlanadi) 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichiladi.
- Katta bargizub barglari damlamasi (2 osh qoshiq quruq giyoh 1 stakan qaynoq suvda damlanadi) 1 osh qoshiqdan 4 mahal yoki bar- gizub sharbati 1 osh qoshiqdan 3 mahal 15-30 daqiqa ovqatdan oldin ichiladi.
- Moychechak damlamasi (2 osh qoshiq qu- rigan guli 1 stakan qaynoq suvda) yoki qay- natmasi (1 osh qoshiq guli 1 stakan suvda) 3 mahal 1-5 osh qoshiqdan ichiladi.
- Katta qariqiz (lopux) ildizi damla- masi (1 choy qoshiq 2,5 stakan qaynoq suvga solib damlanadi) yarim stakandan 4 mahal ovqatdan oldin ichiladi.
- Sharsimon evkalipt damlamasidan 15- 20 tomchi kuniga uch mahal ichiladi.
- Oddiy chernika barglari (2 osh qoshiq qurigan bargi 1 l suvga) yoki mevasi (2 choy qoshiq mevasi 1 stakan suvga) qaynatmasi 3 osh qoshiqdan 3 mahal ichiladi.
- Gerpesni kamaytirish uchun quyida- gi aralashma ishlatiladi: 2 choy qoshiq ka- lendula yog‘i, 3 tomchi zolotoy us, 2 tomchi evkalipt yogi aralashtiriladi, aralashma qora shisha idishda saqlanadi. Yogni toshma chiqqan joyga kuniga uch mahal surtiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, yog surtilga-
nidan so‘ng o‘sha joyga quyoshning to‘g‘ri nur- lari tushmasligi kerak.
- Gerpesdagi yaralarga zolotoy us qaynat- masi yoki sharbatini surtish yaxshi sama- ra beradi. Bu o‘simlikning bargidan tay- yorlangan surtma (6 ta bargidan sharbati siqib olinib, 20 g sariyog‘ga qo‘shiladi) ku- niga 2 mahal 3 daqiqadan surtiladi.
- Gerpesning ilk belgilari paydo bo‘l- ganda kasal joyga 10 daqiqaga zolotoy us ho‘l bargi yoki uning spirtli damlamasiga botirilgan malhamli paxtasi qo‘yiladi.
Maymunjonning barglaridan siqib olingan sharbatga botirilgan paxtani qo‘y- ib qo‘yish ham yaxshi samara beradi.
Post Views: 176