EShAK YeMI davosi

EShAK YeMI davosi

EShAK YeMI davosi: Krapivnitsa – allergik kasallik bo‘lib, teri va shilliq qavatda pufakchalar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.

Bu kasallik tashqi (haroratli, mexanik, kimyoviy) yoki ichki (ichki organlar kasal- lanishi, asab tizi) sabablar orqali yuzaga keladi. Allergiyani toksinlar, bakteriya- lar, to‘liq hazm bo‘lmagan ovqat bo‘laklari chaqirishi mumkin.

Bevosita sabablari- dan biri to‘qimalarda kimyoviy faol mod- dalar to‘planishi bo‘lib, natijada tomir- lar devorlari o‘tkazuvchanligi ko‘tariladi, kapillyarlar kengayadi, bularning oqiba- tida terida ishadi. Terida (ayrim hollar- da shilliq qavatda) turli shakl va hajmda qattiqroq och pushti pufaklar paydo bo‘ladi. Bu pufaklar (ba’zida bir necha daqiqa- dan so‘ng) izsiz yo‘qoladi.

O‘tkir eshak yemi birdan kuchli qichish, achish va terining istalgan joyida, shunin- gdek, lab, til, yumshoq.tanglay, bo‘g‘iz shilliq qavatida toshmalar toshishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning umumiy ahvoli yomonla- shadi, isitmalashi mumkin.

Odatda o‘tkir krapivnitsa dori yoki ovqatga allergiya oqi- batida yuzaga keladi. Gigant krapivnitsa- da toshmalar katta-katta bo‘ladi, ko‘rinishi oq, kamdan kam pushti bo‘ladi. Bir necha soat yoki 1-2 kundan keyin toshmalar yo‘qoladi. Surunkali qaytalanuvchi krapivnitsaga su- runkali infeksiyali kasalliklarda (ton- zillit, xolesistit), oshqozon ichak trakti, jigar faoliyati buzilganda rivojlanadi. Kuchli qichish uyqu bermaydi, asabiy buzi- lishlarga sabab bo‘ladi.

Agar krapivnitsa uzoq cho‘zilsa, masalan, bir necha hafta, hatto bir necha oy davom etsa, bu holatda kasallikning surunkali kechishi haqida gapirish mumkin. Bu odatda orga- nizmdagi qaysidir kasallik bilan bog‘liq bo‘ladi: buyraklar og‘rishi, ovqat hazm qi- lish tizimi yoki moddalar almashinuvi bu- zilishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Ba’zida surunkali krapivnitsa organiz- mning sovuq yoki issiqlikka ta’sirchanli- gi oshganligidan darak beradi.

Uy sharoitida krapivnitsani davolash haqida gapirishdan oldin, unga sabab bo‘- luvchi omillarni aniqlab, yo‘qotish kerak. Shu bilan kasallik tuzalib ketishi mum- kin. Balki toshmalar chiqishidan oldin bi- ron dori ichgan bo‘lishingiz mumkin. O‘sha dori sizga yoqmagandir.

Hatto har bir uyda bo‘ladigan oddiy do- rilar – aspirin, ibuprofen va boshqalar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu holatda dori- ni qabul qilish to‘xtatish lozim.

Agar toshmaga biron oziq-ovqat mahsulo- ti (dengiz mahsuloti, sitrus mevasi, yong‘oq, soya va boshqalar) sabab bo‘lsa, ulardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.

Krapivnitsa sovuq yoki issiqlik oqibati- da paydo bo‘lsa, sovuq havoda yoki jazirama issiqda kamroq yurish talab etiladi.

Toshmalar chiqishi asabdan bo‘lsa, ortiq- cha asabiylashish va stresslardan qochish lo- zim.

Kasallik sabablari aniqlanib bartaraf etilgach, uni xalq tabobati yo‘li bilan da- volashga o‘tish mumkin.

  • Kasallikni davolash selderey sharbati yaxshi yordam beradi. Selderey ildizi ezi- ladi, suvi siqib olinadi va ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Damlama tayyorlash uchun yangi sug‘urib olingan ildizlari ezilib, suv- ga 2 soatga solib qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan damlama suzib olinadi va 1/3 stakandan ovqat- dan oldin ichiladi.

Shuni e’tiborga olish kerakki, selderey kuchli peshob haydovchidir.

  • Yalpiz damlamasini ichish ham yaxshi sa- mara beradi. Yalpizga qaynoq suv solinadi va 1 soat damlanadi. 50 ml dan ichiladi.
  • Krapivnitsani davolashda baqato‘n (rya- ska) ham yaxshi yordam beradi. Quruq giyoh- ning mayda yanchilgan kukunidan 1 osh qo- shiq olinib, asal yoki murabboga qo‘shib qa- bul qilinadi. Qaynoq suvga giyohdan solib, yarim soat damlab, ichish ham yaxshi natija beradi.
  • Agar krapivnitsa paydo bo‘lishiga emo- sional kechinmalar va stresslar sabab bo‘lsa, sizga valeriana va do‘lana (boyarmshnik) yor- dam beradi. Ikkala giyohning dorixonada so- tiladigan spirtli damlamalari aralashti- rilib, ozroq suvga 30 tomchi tomiziladi va uyquga yotishdan oldin ichib yuboriladi.
  • Krapivnitsaning qiynovchi qichishla- ridan osh sodasi solingan issiq vannalari yaxshi yordam beradi. Odatiy katta bo‘lmagan vannaga 1 piyola, katta vannaga ikki piyola soda kerak bo‘ladi.
  • Dastorbosh damlamasi: 1 osh qoshiq o‘t bir stakan qaynoq suvda 45 daqiqa damla- nadi. Ovqatdan oldin 1/3 stakandan ichila- di.
  • Agar tanada ko‘p miqdorda toshmalar bo‘lsa, sirka yoki pomidor sharbati qo‘shil- gan suv bilan tanani artish kerak.
  • Shahardan tashqarida yashovchilar uchun ajoyib retsept: o‘choqda yoqilgan o‘tindan qolgan toza kul olinadi, unga suv solib aralashtiriladi va tindiriladi. Suvi to‘kib tashlanadi, cho‘kindi bilan esa tana yuviladi. Eng yaxshisi, qayin daraxti kuli- ni ishlatish kerak.
  • Krapivnitsani davolashda choy qo‘zig‘o- rini ham yaxshi yordam beradi. Unga 125 ml suv solib, bir oy tindirib qo‘ying. Keyin suviga maydalangan yertut mevalarini qo‘- shing va 2 soatga olib qo‘ying. Mazkur suv- ga bog‘lamlarni bo‘ktirib, kasallangan joy- ga bog‘lab qo‘ying.
tushda