ERITEMA

ERITEMA

ERITEMA: Terining qizarishi mayda qon tomir- lari (kapillyarlari) ning teriga yaqin qatlamda yig‘ilishi bilan bog‘liqdir. Qon tomirlarining kengayishi va ortiqcha to‘- lib ketishi turli sabablar tufayli yuz be- radi.

Kasallikning o‘tkir va surunkali turla- ri mavjud. O‘tkir tugunli eritema boldir- da yorqin qizil tugunli dog‘larning birda- niga toshib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Tananing harorati 38-39°S gacha ko‘tari- lib, umumiy xolsizlik, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi. 2-3 haftadan so‘ng tugunchalar izsiz yo‘qoladi, ularning o‘rniga ko‘kimtir, yashil va sarg‘ish rangdagi dog‘lar hosil bo‘ladi. Kasallik ko‘proq ayollar va bolalarda uch- raydi.

Surunkali tugunli eritema (tugunli an- giit) uzoq muddat kechishi bilan farqlana- di, asosan allergik yoki tomir kasallikla- ri, surunkali infeksiyalari bo‘lgan o‘rta va katta yoshdagi ayollarda kasallik belgi- lari paydo bo‘ladi. Kasallikning qo‘zg‘ali- shi bahor va kuz oylarida yuz beradi, chama- si yong‘oq kattaligidagi tana rangida yoki ko‘kimtir-pushti rangdagi og‘riqli, qattiq tugunlarning paydo bo‘lishi bilan ifoda- lanadi. Tugunlar ko‘proq boldirga, ba’zida son va tosga toshadi. Ko‘pincha qo‘l-oyoqlar- ning ishishi kuzatiladi.

Eritema-jiddiy kasallik bo‘lib, uni da- volashni shifokor belgilashi lozim. Biroq, an’anaviy tibbiyotda antibiotiklar va bo- shqa preparatlarni qabul qilishdan tashqa- ri, sog‘ayishni tezlashtiruvchi xalq taboba- ti vositalari ham mavjuddir.

  • Oldindan maydalangan arnika gullari qaynoq suvda (200 ml) ertalabgacha termosda damlanadi. Nahorda dori doka yordamida filtrlanadi va 1 choy qoshiqdan ichiladi. Bir kunda kamida 5 marotaba ichiladi.
  • Arnikadan shifobaxsh surtma malham ham tayyorlanadi. Buning uchun o‘simlik il- dizlari quritiladi va 100 gramm ildiz ho- vonchada kukun holiga keltiriladi. So‘ngra u yangi cho‘chqa yog‘i bilan qorishtirilib, past olovda 3 soat mobaynida vaqti-vaqti bilan aralashtirib qaynatiladi. so‘ngradori- vor malham olovdan olib, sovutiladi. Bun- day malhamni shikastlangan teriga 3 mahal surtish lozim.
  • Kaliy permanganat (margansovka) ning kuchsiz eritmasidan oyoqlarga vanna qilish tavsiya etiladi. Bunday muolaja 15 daqiqa chamasi davom etadi. So‘ngra oyoqlar arti- ladi va terining shikastlangan joylariga ixtiol surtma dorisi yoki Yu-% li ixtiol eritmasi surtiladi. Qatronli (degtyarnaya maz), kortikosteroid yoki butadien surt- ma malhamlari ham to‘g‘ri keladi. Boldir usti kompress qog‘ozi bilan o‘rab chiqila- di va tashqaridan issiq uzun paypoq kiyi- ladi. Muolajani kechasiga bajarish lozim. Ertalab malham quruq gubka bilan artila- di. Shuni esda tutingki, tugunli eritema kasalligini davolash chog‘ida yotoq rejimi- ga rioya qilish lozim, ya’ni imkoni boricha kamroq yurish va turish lozim.
  • Tugunli eritema kasalligini davo- lashda samarali halq tabobati vositasi si- fatida qo‘l-oyoqlarni dorivor o‘simliklar bilan o‘rash hisoblanadi. Bahor va yoz oyla- rida har kuni turli dorivor o‘tlar yig‘ila- di va oyoqlar shu o‘tlar to‘plami bilan o‘ra- ladi. Bu davrda yangi siqilgan qichitqi o‘t (krapiva) sharbati yaxshi naf beradi.
  • Qizil marjon daraxt (krasnaya buzina) asosidagi damlama ham shunday tartibda tayyorlanadi, lekin bu dori 40 kun mobay- nida damlanadi. U uyqudan avval bir mar- ta ichiladi. Dorini ichish me’yori kishi vazniga bog‘liq holda hisoblanadi. Agar be- morning vazni 70 kg gacha bo‘lsa, damlama- dan 20 tomchi, agar 70 kg va undan ortiq bo‘l- sa-30 tomchidan ichiladi. Marjon daraxt damlamasini kungaboqar yog‘i, maydalangan sarimsoqpiyoz va bir bo‘lak qora non bilan yoyish tavsiya etiladi. Davolanish muddati- bir oy, undan so‘ng bir oylik tanaffus qi- linadi.
  • Oq omela zaharli o‘simlikliklar sira- sidandir. Agar undan to‘g‘ri spirtli dam- lama tayyorlansa va me’yorida ichilsa, eri- tema kasalligini yengish mumkin. Yarim litr aroqqa 10 gramm quritilgan omela ta- lab qilinadi. Dori bir oy tayyorlanadi.

 

Damlama kechqurun, kechki ovqatdan oldin (40 daqiqa oldin) 30 tomchi tomizib, keti- dan toza qaynatilgan suv ichiladi. Shunday tarzda bir oy davolaniladi, undan so‘ng esa bir oy dam olinadi.

  • Eritemani davolashda safro haydovchi vositalar keng qo‘llaniladi, ularning eng yaxshilari-bu dorivor o‘tlar va rezavor meva- lardir. Qizilchiq bargi (brusnika), o‘lmaso‘t (bessmertnik), limono‘t (melissa), yalpiz, qayin (bereza) va dastorbosh (tmsyachilist- nik) aralashmasidan 1 osh qoshiq olib, yarim litr qaynoq suvda damlang. Bunday damla- mani ovqatdan oldin (15 daqiqa oldin) 1/3 stakan ichish lozim.
  • Rezavor mevalardan shifobaxsh xususi- yatlarga qora marjondaraxt (chernaya buzi- na), do‘lana, na’matak va qizil chetan (kras- naya ryabina) egadir. Rezavor mevalarni termosda tun bo‘yi damlangani maqsadga muvofiqdir. Damlama kuniga ikki mahal: ertalab va uxlashdan avval ichiladi.
tushda