EKZEMA davosi

EKZEMA davosi

Ekzema – allergik tabiatli surunkali teri kasalligidir. Ko‘pincha ekzema asab va endokrin kasalliklarida, surunkali in- feksiyali kasalliklarda (tonzillit, gay- morit va boshqalar), organizmning biron bir allergen kuchli ta’siri ostida bo‘li- shida, oshqozon-ichak trakti kasalliklari- da va boshqa holatlarda rivojlanadi. Ekze- ma ekssudativ diatez bilan og‘rigan bola- larda ko‘proq uchraydi.

Ekzema bilan og‘rigan kishilarda va ular- ning yaqin qarindoshlarida ko‘pincha baliq- ning bir qancha turlariga, tuxumga, sitrus va boshqa mahsulotlarga, uydagi changga, gul changi va hidiga, kimyoviy vositalar (kir yuvish kukuni, bo‘yoq va boshqalar)ga allergi- yasi bo‘ladi.

Ekzemaning seboreyali, mikrobli va kasbiy turlari mavjud.

Haqiqiy ekzema ko‘p hollarda kaft ichki tomonida, yuzda bo‘ladi. Kasallik o‘tkir

 

vaqtida toshmalar ko‘p bo‘ladi. Yallig‘langan pufakchalar yorilganidan so‘ng, ularning o‘rnida seroz suyuqlik chiqaruvchi nuqtali eroziya hosil bo‘ladi. Kasallik kuchli qi- chish bilan kechadi. Ko‘pincha ekzema ikki- lamchi infekchilar ta’sirida zo‘riqadi.

Seboreyali ekzema yuz sohasida, boshning sochli qismida, ko‘krakda, kuraklar orasi- dagi uchburchakda toshib, ko‘pincha yog‘li se- boreyaga ega kishilarda uchraydi. Avval sarg‘imtir pushti tugunlar paydo bo‘ladi, ular yogli qipiq bilan qoplangan bo‘ladi. Keyinroq tugunlardan yaralar hosil bo‘lib, ular o‘zaro birlashib, katta yarani vujudga keltirishadi.

Mikrobli ekzema toshmasi aniq chiziqqa ega bo‘lib chegaralangan bo‘ladi. Kasallan- gan joyda plastinkali qobiq bo‘lib, uni olib tashlanganda sirti nam katta yara ho- sil bo‘ladi. Boldirda, kaft ich tomonida, bosh sochli qismida bo‘ladi.

Kasbiy ekzema kimyoviy, fizik va mexa- nik ta’sirlovchilar tufayli yuzaga kela- di. Kaft ich tomonida, bilakda, yuz va bo‘y- inda bo‘ladi. Oddiy ekzemadan farqli o‘la- roq zo‘raymaydi, tez bitadi.

Ekzema istalgan yoshda, istalgan joydagi terida (ko‘pincha qo‘l va yuzda) paydo bo‘ladi. Ekzema bilan kasallangan joy yorqin rangda qizaradi, mayda pufakchalar ishib chiqadi, ular yorilganida, o‘rnida nam eroziya hosil bo‘ladi, ular quriganda esa qipiqli qobiq paydo bo‘ladi. Kasallangan joylar achisha- di va qichishadi.

Ekzemani davolash va oldini olishda umumiy tavsiyalar:

  • Ekzemada sut-o‘simlik mahsulotlari- dan iborat parhez qilinadi, achchiq, sho‘r, dudlangan mahsulotlar, tuxum, sitrusli mevalar, alkogol ta’qiqlanadi.
  • Suv muolajalariga berilmang.
  • Maishiy kimyo, kir yuvish vositalarini ishlatmang.
  • Ekzemaning o‘tkir vaqtida kasallangan joylar quyosh nuri va yorug‘ligidan saqlash lo- zim, ularni bint bilan bog‘lab qo‘yish lozim.
  • Ekzemadan sog‘aygan vaqtda esa aksincha quyoshda toblanish foydali.
  • Ekzema bilan og‘riganlar uchun to‘yib uxlash tavsiya etiladi.
  • Xom kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib, ortiqcha suvini siqib yuboring va paxta- lik matoga qo‘yib, ekzema bilan kasallan- gan joyga bog‘lab qo‘ying. Kun davomida mu- olajani bir necha marta qaytaring, kechasi- ga ham bog‘lab yoting. Muolaja vaqtida xom kartoshka sharbatini ichish ham yaxshi sama- ra beradi.
  • Ekzema bilan og‘rigan joylarga kuniga bir necha marta kartoshka sharbatini paxta- ga botirib qo‘yish yaxshi samara beradi. Bu vaqtda kartoshka sharbatining o‘zini ham ichish kerak.
  • 1 osh qoshiq toza qatron 3 osh qosshq ba- liq moyi va 1 osh qoshiq olma sirkasi bilan aralashtiriladi va bir parcha matoga sur- tilib, kasallangan joyga qo‘yiladi.
  • Pishgan sarimsoq ezilib, bir xil miq- dorda asal bilan aralashtiriladi, so‘n- gra paxtalik matoga surtilib, kasallangan joyga qo‘yiladi. Surtma malhamni qo‘yish- dan oldin o‘sha joyni benzin bilan toza- lash tavsiya etiladi.
  • Sabzi sharbati siqib olinib, kasallan- gan teriga kuniga ikki-uch marta surtiladi.
  • Yangi uzilgan karam va tuxum oqidan bo‘tqa qilinadi, buning uchun karam may- da qirg‘ichdan o‘tkaziladi va tuxum oqi bi- lan aralashtiriladi. Ekzema bilan og‘rigan joylarga surtilib, ustidan bog‘lam qo‘yi- ladi. Bog‘lam bir kunda 1-2 marta almashti- riladi.
  • Karam bargini 2 daqiqa olma sirkasi- ga solib qo‘yish kerak, keyin uni g‘ijim- lab, ekzema bilan og‘rigan joyga qo‘yiladi. Bog‘lam bilan mahkamlab qo‘yiladi. Ekze- ma, qichima va boshqa teri kasalliklarida ogriq va qichishdan xalos qiladi.
  • Ekzemani davolash uchun 1 osh qoshiqdan makkajo‘xori yog‘ini kuniga ikki mahal – no-

nushta va kechki taom vaqtida 1 oy davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Uni 1 choy qo- shiq olma sirkasi va ta’miga ko‘ra asal qo‘- shilgan 1 stakan iliq suv bilan ichish lo- zim. Bu vosita nafaqat ekzemadan xalos qi- ladi, balki terini tarang ham qiladi

tushda