DIATEZ davosi

DIATEZ davosi

DIATEZ davosi: Diatez insonning bir qancha kasalli- klarga moyilligini ko‘rsatadi. Masalan, gemorragik diatezda qonning quyilishi darajasi past bo‘ladi. Bu diatezi bor ki- shilarga dengiz karami mumkin emas.

Moddalar almashinuvi buzilganda or- ganizmda peshob kislotasi oshib ketadi – bu esa peshob kislotasi diatezi deyila- di. Ekssudativ diatezi asosan ovqat aller- genlar (tuxum, sut va boshqalar) ta’sirida yuzaga keladi.

Xalq tabobati diatezni davolashda quyi- dagilarni tavsiya etadi.

  • Ikki uyali qichitqi o‘ti barglari – 25 g, melissa barglari – 25 g, mavrak barglari – 25 g, oq qayin barglari olinadi, 1 osh qo- shiq aralashma 1 stakan qaynoq suvga dam- lanadi va suzib olinadi. Ertalab va kechqu- run 1 stakandan damlama ichiladi.
  • Qizilmiya ildizi – 10 g, qariqiz (lo- pux) ildizi – 15 g, momaqaymoq ildizi – 15 g, sovunak (mshnyanka) ildizi – 30 g, bo‘yoq- li ro‘yan- 30 g. Aralashmaning 1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoqsuvga solib, 15 daqiqa qayna- tiladi. Ekssudativnom diatezda har kuni och qoringa bir-ikki stakan ichiladi.
  • Itshumurt po‘sti – 10 g, qizilmiya ildi- zi – 10 g, uch rangli binafsha o‘ti – 40 g, yong‘oq barglari – 40 g. Aralashmadan 1 osh qoshiq olinib, 3 stakan suvga solinadi va 2 stakan suv past olovda qolguncha qaynatiladi. Bu ekssudativ diatezda kunlik norma.
  • Aprel-mayda yosh qichitqi o‘ti endigi- na barglarini chiqarganda, uchidan poyasi- ni qo‘shib, 20 sm qirqib oling. Uni mayda

to‘g‘rab, 1 litrli bankaga soling (zich emas) va ustidan qaynatib sovutilgan suv quy- ing. 10 soat damlab qo‘ying. Ekssudativ dia- tezda qo‘llang.

  • Terini qizilpoycha (zveroboy) yog‘i bi- lan surting. Tuxum po‘sti bir sutka turgan suvda ovqat pishiring, yaxshisi, uni bola- larni cho‘miltirishda ishlating.
  • Tovuq tuxumini kir sovunida yaxshi- lab yuving (jigarrang uy tuxumi bo‘lsa yax- shiroq), qaynating, po‘chog‘iini arching va uch litrli bonkaga soling (3 l bonkaga 15-20 ta tuxum po‘chog‘i kerak bo‘ladi), ustidan esa qaynab chiqqan suvni quying. Bir sutka dam- langan, ehtiyojga qarab ichish kerak.
  • Butun pishgan tuxum po‘chog‘i archiladi. Po‘chogining plyonkasi olib tashlanadi va kofemolkada yo hovonchada kukun bo‘lguncha yanchiladi. Hosil bo‘lgan kukunga aniq qa- bul qilish miqdori bo‘lishi talab etilmay- di. Kukunning ozrog‘i olinib, ustidan 3-5 tomchi limon sharbati tomiziladi, shunda kukun ko‘pirib ketadi. Bu dori kuniga bir marta bir oy davomida qabul qilinadi. Bir kunda ikki va uch mahal ovqatga qo‘shib ham berish mumkin. Natijani birdan ko‘r- maysiz. Biroq allergik reaksiyadan key- ingi toshmalarni to ular butunlay yo‘qo- lib ketmaguncha borgan sari kamroq ko‘ra- siz.
  • Bolada diatez bo‘lsa, qora turp sharba- tini bir tomchidan boshlab berish kerak. Miqdorini har kuni 2 tomchidan oshirib borasiz va oxiri 1 osh qoshiqqacha yetkaza- siz. Sharbatni kuniga uch mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.
  • Peshob kislotali diatezda qayin kur- tagidan qaynatma qilinadi: 10 g kurtak 1 stakan suvda 15 daqiqa qaynatiladi va do- kadan o‘tkazib olinib, 1 stakandan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.
  • Diatezni davolashda sabzi barglaridan tayyorlangan bo‘tqa yoki sharbati kompress, malhamli paxta, yuvishda qo‘llaniladi.
  • Qayin bargi damlamasi: 0,5 stakan yangi uzilgan barglari yanchilib, sovuq suvda yuvi- ladi, suvi siqib olinadi, yana 3 stakan 40- 50 gradusli qaynagan suv solinadi va 3,5 soat davomida damlanadi. Damlama doka- dan o‘tkazib, siqib olinadi va 6 soat da- vomida tindiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma tashlab yuboriladi. Qolgani 1 stakandan uch mahal ichiladi.
  • Qayin bargidan 1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvga yarim soat damlanadi, dama- lama sovigach, unga bir chimdim osh soda- si solinadi (qayin bargidagi betuloretin kislotasi yaxshi erishi uchun) va yana 6 soat turadi. 1 osh qoshiqdan kuniga 4-5 marta ichiladi.
tushda