DERMATIT davosi

DERMATIT davosi

DERMATIT davosi: Dermatit teri yallig‘lanishi kasalligi bo‘lib, turli infeksiyalar va teri bilan kontaktda bo‘lgan ayrim moddalar ta’siri- da rivojlanadi. Dermatit bir necha turda bo‘ladi.

Atopik dermatit, yana uni allergik der- matit, bolalar ekzemasi deb ham atashadi, u ayrim odamlar organizmi ma’lum moddalarga nisbatan reaksiya berishga moyilligi tufay- li yuzaga keladi. Odatda bu kasallik bilan erta bolalikdan boshlab bir umr og‘rib o‘ta- dilar. Qizarish, teri yallig‘lanishi, suvga to‘l- gan pufakchalar paydo bo‘lishi va kuchli qichish bilan namoyon bo‘ladi. Bosh terisida boshlanib, yoshi o‘tgan sayin boshqa joylarga – qo‘l bukil- gan joyi, oyoq va bo‘yin terisi va keyin butun tanaga tarqalishi mumkin. Terining shika- stlangan joyi infeksiyalar kirishi uchun qu- lay joy bo‘lib qolishi mumkin, bu esa kasallik tuzalishini kechiktiradi.

Bu dermatit turi keng tarqalgan bo‘lib, uni xalq tabobati yo‘li bilan davolash, ay-

 DERMATIT davosi

niqsa yosh bolalarda yaxshi samara beradi. Van- na qabul qilish uchun qaynatmalarni navbat- ma navbat har kun almashtirib qilish kerak.

  • Dorixona moychechagi qaynatmasi cho‘- milishdan oldin vannadagi suvga qo‘shib yuboriladi. Uni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq bargi 1 stakan qaynoq suvga solinadi, past olovda 10-15 daqiqa qaynatiladi va doka- dan o‘tkazib olinadi.
  • Qayin kurtagi damlamasi kasallik- ni yengillashtiradi. Termosga 4 osh qoshiq qayin kurtagi solinadi, 1 l qaynoq suv so- linadi, 5-6 soat dimlanadi. Damlama doka- dan o‘tkazib, bevosita cho‘milishdan oldin vannadagi suvga quyib yuboriladi.
  • Eman daraxti po‘sti qaynatmasi yaxshi yordam beradi. Yosh eman daraxtidan qaynat- ma 1 stakanga 1 osh qoshiq hisobidan tayyor- lanadi, 15-20 daqiqa past olovda qaynatila- di, dokadan o‘tkazilib, vannaga qo‘shiladi.
  • Qovoqdan malhamli paxta tayyorlanadi. Yangi siqib olingan qovoq sharbati paxtaga botirib olinib, shikastlangan joyga qo‘y- iladi. 15-20 daqiqa ushlab turiladi, 3-4 marta qaytariladi. Qovoq o‘rniga kartosh- ka yoki daraxtsimon aloe (stoletnik)ni qo‘l- lash mumkin. 1-2 kunda ularni almashtirib turish yaxshi samara beradi.
tushda