Tushda YULDUZ ko’rsa

Tushda YULDUZ ko’rsa

Yulduz (xonanda, raqqosa, adib, artist va hokazo). Tushda shu yulduzlardan birini ko’rsangiz, o’ngda hayotingizdan ko’nglingiz to’lmaydi; nimanidir o’zgartirish kerak.

Yulduz kuzatish. Kim tushida bu holni ko’rsa, o’ngda rahbar bo’ladi.

Yulduz uchishi. Tushda osmondan yulduz uchib erga tushsa, o’ngda garchi qiyinchilik bilan bo’lsa ham, omadning etagidan ushlaysiz.

Yulduz. Kimki tushida yulduzlarning g’uj bo’lib turganligini ko’rsa, o’ngda shahardagi buyuk odamlarning ishlari yaxshi ekan.

Yulduzlar. Tushingizda yulduzlarni ko’rsangiz, o’ngingizda hayotingizda o’zgarish bo’lishiga ishoradir. Agar yulduzlar sovuq va ko’kimtir tusda bo’lsa, hodisalar ijobiy bo’ladi. Agar yulduzlar yorqin miltillab tursa, bu yaxshilikka ta’bir qilinadi. Agar yulduzlar dam yonib, dam o’chib tursa, hayotingizda salbiy voqealar sodir bo’ladi.

Yulduzlar. Yorqin yulduzlar – hayot, sog’likning yaxshilanishi, organizm quvvatitsing ortishi, yaxshi hissiyotlardan darak; uchayotgan yulduz – baxtli turmush; xira yulduzlar – xavf va kasallanish mumkinligidan ogoxdantirish.

Yalang’ochlik. To’satdan odamlar oldida yalang’och paydo bo’lish – vijdon notinchligi; o’ziga haddan tashqari ishonganlik va takasaltanglik tufayli xatoga yo’l qo’yish xavfi; tabiat qo’ynida yolg’iz yalang’och yurish –

tabiat bilan aloqani yo’qotganlik; tabiiy vositalar yordamida davolanish lozimligi; yalang’och kampirni ko’rish – kasallik; ko’p yalang’och odamlar – noxushliklar; tibbiyot muassasasida yalang’och ko’rish – kasallik; uyda yalang’och ko’rish – jinsiy muammolar.

Yalash. Kimki tushida biron narsani mazza qilib yalayotgan bo’lsa, o’ngidagi yaxshi axloqidan dalolat. Barmog’ini yalasa, nechta barmog’ini yalagan bo’lsa, o’shancha foydaga ega bo’ladi.

Yaltiroq qurt. Tushda yaltiroq qurt ko’rish manfaatli ishga ishora. Tushingizda yaltiroq qurt ko’rsangiz, o’ngingizdagi g’iybatlardan exdiyot bo’lishingiz kerak. Agar bu tush haftaning birinchi yarmida voqe bo’lsa, ko’p gapirishdan o’zingizni tiying; ezmalik sizga ziyon keltiradi. Bu tush haftaning ikkinchi yarmida sodir bo’lsa, o’ngingizda tavakkal ishga qo’l urib, chuv tushasiz.

Yaltiroq munchoqlar. Tushingizda yaltiroq munchoqli ko’ylak kiysangiz, o’ngda atrofingizda xushomadgo’y va shilqim odamlar ko’payadi.

Yamoqchi. U tushda rizqning mo’l bo’lishiga dalolat qiladi.

Yangi libos. Tushda yangi libos kiyish taqtsirning o’zgarishiga yo’yiladi. Qizlar uchun bunday tush yangi mashg’ulotni anglatadi.

Yangitdan tug’ilish. Biron kishi yoki gunohga botgan odam o’zining onadan qayta tug’ilganligini tushida ko’rsa, o’ngida tavba-tazarru qiladi.

Yanoq. Ikki yanoq kishining amali oshishiga ishora.

Yanchish, tuyish. U tushda tortishuv va fitnaga qo’shilishga ishora.

Yaproqlar. Yosh, yashil yaproqlar – yaxshi kayfiyat va baquvvatlik; so’lib to’kilgan barglar – kayfiyatning yomonlapguvi yoki kasallik.

tushda