Tushda YONG’OQ eng to’liq

Tushda YONG’OQ eng to’liq

Tushda Yong’oq. Yong’oq mevasi – jiddiy tirishish va katta kuch- mashaqqat bilan chiqadigan mol-davlat. Agar tushida yong’oqni qo’lga kiritganini, u qimirlab ovoz chiqarganini ko’rsa yoki yong’oqni o’yin qilib o’ynasa, u bir kishi bilan hamroh bo’ladi, bu hamrohini qimorboz yutadi.

Tushda YONG'OQ

Shuningdek, hamrohi yutsa, talab-istagiga erishadi. Asli bularning bari fosid va haromdir. Yong’oq sindirib eyilgani bois qiyinchilik bilan topiladigan molga dalolat qiladi.

Kim tushida undan esa, odamlar uni do’st tutadi. yong’oq – tinchlanish ramzi; pishgan mevalar, shig’il yong’oq daraxti tez orada o’tib ketuvchi xatardagi holat sizni qiynayotgani; yong’oq eyish organizmda eng muhim mikroelementlar etishmayotgani; o’simlik oqsili iste’mol qilishga o’tish kerakligi.

Yong’oq daraxti. Agar yong’oq daraxtini tush ko’rsa, u xasis, baxtsiz, qashshoq kishidir.

Yong’oq daraxtiga chiqish. Kim tushida yong’oq daraxti ustida o’zini ko’rsa, u ko’r, jussasi baquvvat kishiga hamroh bo’ladi.

Yong’oq daraxtidan yiqilib o’lsa. Agar undan yiqilib tushib o’lsa, u zabardast kishi yoki podshoh qo’lida o’ldiriladi. Agar daraxt sinib ketsa, ko’r, baquvvat kishi ham, yiqilib tushgan ham halok bo’ladi (agar yiqilib tushganida o’lib qolganini ko’rsa).

Agar yiqilib qolganda o’lib qolmasa, omon qoladi. Shuningdek, agar o’sha paytda qo’l-oyoqlari sinsa, u halokatga yuz tutib, katta balo-ofatga duchor bo’ladi. Biroq keyin undan qutulib ketadi.

Yong’oq daraxtidan tushish. Agar yong’oq daraxtidan tushsa, o’zi va ko’r, ammo baquvvat kishi orasidagi aloqasi nihoyasiga etmaydi.

Yong’oq ovozi. Agar tush ko’ruvchiga yong’oqning shaqir- shuqur ovozi eshitilsa, xusumatdir.

Tushda YONG'OQ

Yong’oqni ko’rish va eyish. Bu muvaffaqiyat va kayfiyat; organizmda o’simlik yog’lari va oqsillari, eng muhim mikroelement (birinchi navbatda temir, kobalt) va vitaminlar (birinchi navbatda V, R, A, guruhtsagi) etishmasligi; umumiy holsizlikdan, ateroskleroz, kamqonlikdan darak.

Bunday bemorlar uchun yong’oq davolovchi ratsionning asosiy qismi bo’lishi mumkin. Tushda yong’oqning butun mag’zini ko’rish – bosh miyadagi asab va ruhiy kasalliklarning ham paydo bo’lganidir (xususan, bosh miya tomirlari atreosklerozi va boshqalar). Yong’oq mag’zining bo’laklangani – bosh miya jarohati.

tushda