Tushda tosh ko’rsa

Tushda tosh ko’rsa

Tosh otishlik. Kishi tushida bir kishiga tosh otsa, u bir kishini so’kadi. Bu obro’ to’kilishidan dalolat.

tushda Tosh. Agar tushda tosh ko’rsangiz, o’ngda qaysar, fe’li tor odam bilan muomala qilishingizga to’g’ri keladi.

Tosh. G’am-anduh.

Toshbaqa go’pggini eyish. Toshbaqa go’shtini eyish mol yoki ilmdir.

Toshbaqa. Agar tushingizda toshbaqa ko’rsangiz, o’ngingizda dinga kirib kelasiz va taqvodor bo’lasiz.

Toshbaqa. Bezanib, atir-upa sepib, erkaklarga o’zini namoyish qiladigan ayol. Kim toshbaqani axlatxonada e’tiborsiz holatda ko’rsa, jaholat tufayli ilmi zoe olimdir. Aytadilarki, toshbaqa olim, obid va qori kishidir. Toshbaqa go’shtini eyish boylik yoki ilmdir.

•Toshdan yasalgan o’choq (ya’ni, qozon o’chog’i). O’choq erkak kishiga ishora.

Tomirlar. Tomirlar tush sohibining oila a’zola- ridir. Kim tomiri uzilganini ko’rsa, oila a’zolaridan birining o’limi yaqinligiga dalolat.

Tomoq. Agar tushingizda o’z tomog’ingizni ko’rsangiz, o’ngda sheriklaringizni haqligingizga ishontira ola- siz, keyin ishlaringiz rivojlanib ketadi. Tomog’ingiz kesilganini, shunga qaramay, tirikligingizni ko’rsan- giz, omad hamisha sizga yor bo’ladi.

Tomchi. O’ngdagi foydaga ishora.

Tong. Tong paytida quyosh chiqishini tushda ko’rsangiz, o’ngingizda sovg’a olasiz.

Tomoq. Kimki tushida burni to’lib tomog’iga oqib tushganligini ko’rsa, qashshoqlik va o’limdan dalolat.

Tomoq. Bo’yinda og’riq sezish – kasalligingiz sababi hasadtsir; ovoz boricha qichqirish – yashirin qo’rquv, xudbinlik; bo’yinga pichoq tiralishi – o’lim xavfi; bo’yindagi sirtmoq va bo’g’ilish – xavfdan darak; nafas olish a’zolari va yurak kasalligi.

Tomorqa. Bo’ydoqlar tushlarida tomorqa ko’rsalar, yaqin o’rtadagi uylanishga ishoradir, oilali odam tushida tomorqa ko’rsa, farzandli bo’lishidan dalolat.

Tomorqa. Yaxshi parvarishlangan tomorqa farovonlik, baxt va ishdagi muvaffaqiyatdan darak; tashlandiq tomorqa ishning orqaga ketishi, tushkunlik, kasallik ehtimoli; egatlarda ma’lum sabzavotlarni ko’rish – eguliklaringiz orasida aynan o’sha sabzavotlar etishmayotganidan darak.

Tomchi. Tushingizda ustingizga nimadir tomayotganligini sezsangiz, o’ngingizda bezgak bilan og’riysiz. Agar maysa ustida yaltirab turgan tomchini ko’rsangiz, o’ngingizda boylik va hurmat topasiz.

Tong. Tushda tong otganini ko’rish muvaffaqiyatli ishlaringizga ishora. Bemor odam tushida tong otib kelayotganini ko’rsa, o’ngida shifo topadi.

Tong. Tong hayotingizning yaxshilanishi va kayfiyatingiz ko’tarilishini ifodalaydi; erta tong –

organizm quvvatining ortishi, kayfiyat yaxshilanishi va quvonch.

Topib olingan, tashlandiq bola. U tushda dushmanga dalolat qiladi. Gohida topilgan bola g’am- tashvishlar ketishiga dalolat.

Topilma. Topilma – kelgusidagi noxushliklar va yomon kayfiyat ramzi. Bundan tashqari, topilma – kelgu- sida yo’qotishingiz mumkinligidan darak.

Topishmoq. Noma’lumlikka ishora.

Toriq surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Toriq surasini o’qisa, dalildirki, unga solih farzand keladi.

Tortishmachoq. Tushda tengdoshlaringiz bilan tortishmachoq o’ynayotgan bo’lsangiz, o’ngda aslida nima istashingiz, istagingiz nimaligini anikdab olishingiz kerak ekan.

Toho surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Toho surasini o’qisa, dalildirki, dushmani bilan gaplashadi va dushmaniga qahr qiladi.

tushda