Tushda tobut ko’rsa

Tushda tobut ko’rsa

Tobut. Agar kishi tushida bo’sh tobutni ko’rsa, demak, tush sohibi ma’naviy jihatdan puch odam ekan. Kimki tushida tobut ichiga yiqilib tushsa, o’ngdagi falokatdan ‘ ehgiyot bo’lib yurishi kerak.

Tobut. Agar tushda tobutni yo’lingizda ko’ndalang ko’rgan bo’lsangiz, o’ngda hayotingiz o’zgaradi. Tobutda yotgan bo’lsangiz, ishlaringiz rivojlanib ketadi. Agar sizni tobutda ko’tarib olib ketayotgan bo’lsalar, bu martabangiz oshishidan dalolat. Tushda tobut katta mulqtsir.

Tobut. Odam o’zini tobutda ko’rishi – uzoqumr ramzi.

Tobut. O’rta yashar va yosh kishilar uchun yaxshi, keksalar uchun nihoyatda ko’ngilsiz alomat. Agar marhum yotgan tobut nikohli kishilarga tush ko’rinsa, bunday tush foyda kelishini, oiladagilar bilan munosabati yaxshi bo’lishini, ehgimol oilasi ko’payishi mumkinligini bildiradi.

Tova. Agar tushingizda tova ko’rsangiz, o’ngingizda baxtli bir xonadon sohibi bo’lgaysiz.

Tova. Tushda ko’rilgan tova bolasi vafot etaveradigan, uning xafaligi tufayli yaqinlari doimo ko’z yosh to’kib yuradigan ayolga dalolat qiladi.

Tovoq (lagan). U yog’ochdan yasalgan katta tovoq bo’lsa, kotib yoki xodimga dalolat qiladi. Yana rizq hamdir.

tushda