Tushda sovchi

Tushda sovchi

Sovchi. Tushga sovchi kirsa, o’ngda qarindoshlaringiz bilan kelishmovchilik yuz beradi, sizga achchiq gaplar aytishadi, g’iybat qilishadi. Tushda o’zingiz sovchi bo’lsangiz va notanish qizni kimgadir unashtirayotgan bo’lsangiz, o’ngda biron erkak bilan tanishasiz.

Agar tushda o’zingizga sovchi kelgan bo’lsa, o’ngda hayotingizni o’zgartirib yuboradigan qarorga kelar ekansiz. Birovning uyiga sovchi bilan birga kelgan bo’lsangiz va gap-so’zlarning borishini kuzatib borsangiz, o’ngda biron masalada tashabbusni qo’lga olasiz.

Sog’ayish.                                        Tushingizda              o’zingizning

sog’ayayotganingizni ko’rsangiz, turmush tarzingiz ustida o’ylab ko’rishingiz zarur.

Sod surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Sod surasini o’qisa, dalildirki, boyligi ko’payadi.

Soj (issiq mamlakatlarda o’sadigan baland bo’yli daraxt; xdnd emani). Soj daraxti – podshoh yoki olim yo shoir yoxud munajjimdir.

Soy. Kimki tushida soy bo’yida turganini ko’rsa, yuksak martaba egasi bo’lishidan dalolat. Ammo soy bo’yida turib, birdan soyga tushib ketsa, o’ngida qandaydir bir taxlika bor.

Tushida soyga tushib ketsa va keyin undan mashaqqat bilan suzib chiqsa, o’ngida barcha qiyinchiliklardan qutilishini, suzib chiqolmasa, tashvishli va mashaqqatli kunlarni boshdan kechirishini bildiradi.

tushda