Tushda soqol ko’rsa

Tushda soqol

Soqol ko’rsa. Kim tushida soqolining uzayganligini ko’rsa, o’ngida hurmat va e’tiborga sazovor bo’ladi, soqolning kaltaligi shuhurmat va e’tiborning kamligidir.

Tushda o’z soqolini yulish isrofgarchilik va pushaymonni bildiradi. Agar ayol kishi tushida engagida soqol borligini ko’rsa, o’ngida ketib qolgan eri qaytib keladi, agar eri uyda bo’lsa, ketib qoladi, agar beva bo’lsa, erga tegadi, homilador bo’lsa, o’g’il tug’adi. Agar tushida soqol chiqqan xotinning o’g’li bo’lsa, qarindoshlar ichida ulug’i bo’ladi. Agar yosh bola engagida

soqol ko’rsa, balog’at yoshiga etmasdan o’ladi. Kimki tushida soqolini bo’yagan bo’lsa, buning ustiga bo’yoq qandaydir ochiqroq rangga ega bo’lsa, tush sohibi qimmatbaho kiyimlarga ega bo’ladi, bo’yoq xira rangda bo’lsa, o’ngida odtsiygina kiyimga ham ega bo’lishi mushkul. Agar tush sohibining soqoli oqarib ketgan bo’lsa, jamiyatda katta obro’ va qadr topadi.

Agar soqolning tuklari juda ko’p bo’lsa, savdogar uchun molning ko’payganini, kambag’al uchun qarzlarining oshib borishini anglatadi.

Soqol. Erkak kishi tushida soqol qo’yganini ko’rsa, o’ngida manfaat topadi, agar ayol kishi tushida engagida Soqol ko’rsa, o’ngida turmushi og’ir kechadi. Agar beva ayol bo’lsa, o’ngida turmushga chiqadi. Qiz bola uchun ham shunday. Homilador ayol bunday tush ko’rsa, o’ngida o’g’il tug’adi. Tushda soqol taramoq o’ngdagi chalkash ishlarning aniq bo’lishiga ishora.

Soqol. Kim tushida soqoli oppoq oqarib, qorasidan asar ham qolmaganini ko’rsa, insonlar orasida yoqgirmaydigan narsani ko’radi. Agar soqolida ayrim qoralik izlarini ko’rsa, u viqordir.

Soqolning tabiiy holidan uzun ekanini ko’rsa, soqol egasiga etadigan qarz yoki qattiq ko’rgulikka dalolat. Soqolning ozayishi va engilligi esa qarzidan qutulishga, g’am-qayg’usining ketishiga ishoradir. Agar soqoli olib tashlansa, odamlar o’rtasidagi uning izzat-obro’si ketadi.

Soqol. Soqsshingizning sal o’sganini ko’rish – sog’likka e’tiborsizlik: sog’lom turmush tarziga o’tish zarur; uzun soqol bilan ko’rish – dardingiz va ruhiy kelishmovchiliklarning sababi ortiqcha konservatizm (qotib qolganlik); qora soqol ko’rinsa – salomatlik; jigarrang soqol – sizni aldaydilar; xurpaygan soqol – kuchli stress.

Soqolni yulish. Soqolni yulishlik ta’biri shuki, agar boy bo’lsa, molini isrof qiladi, kambag’al bo’lsa, boshiga g’am tushishiga dalolat. Shuningdek, birovdan qarz olib, boshqa birovga qarz berishga ham dalildir.

Soqolni olish obro’sining ketishidir. Agar soqolining bir tutamidan ortiqchasini kesayotgandek bo’lsa, molining zakotini ado etishiga ishora. Soqoldagi oqlik viqor va haybatdir.

Soqchi, qorovul. Uni tushda ko’rish tinchlik, salomatlikka ishora. U gohida itga dalolat qilur, chunki uy axdini tashqi ziyon beruvchilardan himoya qiladi.

Soliq. Tushda soliq to’lash dushmanlarning fitnalarini yo’qqa chiqarishga ishora. O’zgalarning soliq to’layotganlarini ko’rsangiz, o’ngingizda do’stlaringizdan yordam so’raysiz. Tushingizda soliq to’lolmayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda o’tkazayotgan tajribalaringiz puchga chiqadi.

Somon sotuvchi. Uni tushda ko’rish rizqqa dalolat- dir. Ko’pincha somon sotuvchi ta’vilda tikuvchi bo’ladi.

Somon. Somon tushda ko’p boylikka erishgan va uni uyiga olib kelgan odam uchun to’kinlikdir. Somon mashaqqat bilan topilgan boylikdir. Kim somon ko’rsa, halol rizqqa etishadi.

Agar tushida somon esa, mashaqqat, qahatchilik yoki ochlikka yo’liqadi. Tushida somonni noo’rin joyga qo’ysa, qimmatchilik bo’ladi. Ko’pincha somon molga ham dalolat qiladi.

Somon. Tushingizda somon ko’rsangiz, o’ngingizda bemashaqqat boylik topar ekansiz.

tushda