Tushda SON

Tushda SON

Son (oyoq soni). Kishi tushida o’zining sonini ko’rsa, yaqin qarindoshlariga ishora. Agar tushda sonlar yo’g’onlashganini ko’rsangiz, o’ngda sevikli odamin1 ajrashasiz. Erkaklar uchun tushda sonla yo’g’onlashishi o’ngdagi manfaatga ishora. Sonlar

ozib ketgan bo’lsa, o’ngdagi bemorlikdan dalolat» Agar

tushda sonlaringiz baquvvat bo’lsa, o’ngda. eng yaqin odamingiz martabali bo’lib, sizning ishlaringizga yordam beradi. Agar sonlaringizni silliq, oppoq va hech qanday dog’larsiz ko’rsangiz, o’ngda ishlaringiz tekis rivojlanadi. Sonlar yaralangan bo’lsa, o’ngda ko’ngilsizliklarga ishora.

Sotilish. Kim tushida o’zining (mol sifatida) sotilayotganini ko’rsa, o’ngda hurmat topadi. Agar uni bir kishi sotib olsa, unga g’am-tashvish etadi. Uning narxi qanchalik qimmat bo’lsa, shuncha hurmatli bo’ladi Ammo boy, kasal odamlar va peshvolarga sotilish yomon- lik belgisidir.

Sotish va olish. Kim tushda o’zining biror narsa sotayotgan yoki sotib olayotgan holda ko’rsa, o’ngda muztar va muhtoj bo’ladi. Kim yaxshi narsani sotayotganini ko’rsa, tashvish, iztirob, xavf-xatarga yo’liqib, yordamni umid qiladi.

Tushda SON

Agar yomon narsani sotsa, unda yaxshilik yo’q. Agar yaxshi narsani sotib olsa, bu uni xavotirga solgan narsadan najot topishidir. Agar yomon narsani sotib olsa, xatoga dalolat bo’lib, unga g’am-tashvish kela- di.

Sotuvchi. Kim tushida mato sotayotgan sotuvchini ko’rsa, ulug’vorLikka erishadi. Ko’ylak sotib turgan sotuvchini ko’rish janjal bo’lishiga ishora.

Sotuvchi. Tushda sotuvchini ko’rish o’lchov va tarozidan urib qolish, sudxo’rlik qilishga dalolatdir.

Sof surasi. Kirmoniy aytadilarki, agar tushida Sof surasini o’qisa, Haq taolo roziligi payvast bo’ladi. Ja’fari Sodiqaytadilarki, dushmaniga zafar topadi.

Soffot surasi. Kirmoniy aytadilarki, agar tushida Soffot surasini o’qisa, dalildirki, saloh yo’liga kiradi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, unga solih farzandlar keladi.

tushda