Tushda SHAFTOLI daraxti

Tushda SHAFTOLI daraxti

Tusda Shaftoli daraxti. Shaftoli daraxti kishilarga ehson qiluvchi, shijoatli; yoshligida boylik to’plovchi, qarilikka etmasdan vafot etadigan kishidir.

Shaftoli. Ko’k shaftoli g’am-tashvish yoki aka-ukadan zarar ko’rishdir. Uning sarig’i kasallikdir. Shirin sha- ftoli xotindir. Nordon shaftoli qo’rqinchdir.

Shaftoli. Shaftoli ko’rish yoki eyish – jinsiy qoniqmaganlik; eng muhim vitaminlar (V, S, A guruhidagi), organik kislotalar (olma, vino, limon kislotalari), tabiiy qandlar va mikroelementlar

(xususan, kaliy, kaltsiy va temir) etishmasligi; oshqozon-ichak trakti, yurak, teri, shamollash kasalliklari ehtimoli.

Shaffoflik. Tushda shaffoflikni ko’rsangiz, o’ngingizda yaxshilikka yo’ying.

Shahar. Dunyoviy odamlar tushlarida shahar, qal’a yoki qasr ko’rsalar, xotirjamlik va xavfsizlikka ishora, bunday tushni dindor odamlar ko’rsa, ehgiyotsizlik qilmaslikka ishora.

Shahar. Tushda katga shaharni ko’rish katta maqsad va intilish ramzidir. Tushingizda katta shaharga kelgan bo’lsangiz, o’ngingizda rejalaringiz amalga oshadi. Qishloq odamlari tushlarida katta shaharni ko’rsalar, orzulari puch ekanligiga, agar shaharliklar ko’rsa, daromadlarining oshishiga ishora. Kimki tushida katta shaharda ishlayotgan bo’lsa, o’ngida mehnati behuda ketadi. Agar katta shahar qurilishida ishtirok etayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda biror loyihada qatnashasiz, bu sizning kelajagingiz uchun foydali bo’ladi.

Shahar. Katta shaharni ko’rish – sog’lik yo’qolishi, stress; kichkina, tinch, yashil, shinam, odamlar va sevishganlar sayr qilib yurgan shahar – fiziologik jarayonlarning me’yorga tushayotgani, ichki osoyishtalik.

Shaxmat. U botil so’z va yolg’on shahodatdir. Shuningdek, nard ham. Shaxmat tushda avom xalq bilan muomala qilib qo’shilib yurishga dalolat. Shaxmat, nard, oshiq, yong’oq o’ynash – makr, hiyla-nayrang, janjal- tortishuv. Kim shaxmat o’ynayotganini ko’rsa, uning razil, pastkash dushmani bor.

Shahodat kalimasi. Agar qishi tushda shahodat kalimasini aytsa, g’amdan xalos bo’ladi. Agar gunohkor bo’lsa, tavba qiladi. Agar mushrik bo’lsa, iymon keltiradi.

tushda