Tushda QISH

Tushda QISH

Tushda QISH: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, kish kuni tushida qishni ko‘rsa, podshoh bo‘lgay. Agar qattiq sovuq bo‘lib, odamlarga zahmat yetsa, dalil bo‘lgaykim, podshohdan ranj, mashaqqat yetgay. Agar sovuq bo‘lib odamlar zarar ko‘rmasa, podshohdin ularga foyda va ko‘p manfaat yetgay. Qish kuni ko‘rilsa, muvaffaqiyat va najotga dalolat qilg‘ay.

QIMIRLASh

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida osmonning qimirlaganini ko‘rsa, ul shahar ahliga fitna va fasod ko‘p bo‘lgay. Agar yerning qimirlaganini ko‘rsa fitna- fasodga dalil bo‘lgay. Agar tog‘ning qimirlaganini ko‘rsa, podshoh va amaldorlarga tashvish ko‘p bo‘lgay. Agar o‘zining tanasi titrasa, o‘ziga musibat yetgay. Sadaqa bersin, toki balolar daf bo‘lgay.

QUR’ONI ShARIF

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida Qur’oni sharifni olsa, dalil bo‘lgaykim, olim, fozil bo‘lgay. Agar Qur’oni sharifni kuydirsa, dini fosiq bo‘lgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, Qur’oni karimni gushida ko‘rmoqlik 5 narsaga dalolat qilur:

  1. Ilmu hikmat.
  2. Halol meros.
  3. Halol rizq.
  4. Din va diyonat.

QUR’ON SURALARI

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida «Surai Fotiha»ni o‘qisa, dalil bo‘lgaykim, umri uzun, imoni salomat bo‘lgay. «Surai Baqara»ni o‘qisa, dushmanlaridan emin, aziz va mukarram bo‘lgay. Bemor bo‘lsa shifo topgay. G‘amgin bo‘lsa, xursand bo‘lgay. «Surai Oli Imron»ni o‘qisa, jami ofatlardan omon bo‘lgay. «Surai Niso»ni o‘qisa, merosdan boy bo‘lgay. «Surai Moida»ni o‘qisa merosdan boy bo‘lgay, buzruklik va salomatlik topgay. «Surai A’rof»ni o‘qisa, dini baquvvat, oqibati xayrli bo‘lgay. «Surai Tavba»ni o‘qisa gunohidin tavba qilgay. «Surai Yunus»ni o‘qisa, davlati ziyoda bo‘lgay, magar xoru-zor bo‘lmagay. «Surai Qodir»ni o‘qisa, Laylat ul-qadr savobini topmaguncha dunyodan ketmagay. «Surai Kavsar»ni o‘qisa, molu-ne’mati ziyoda bo‘lgay. «Surai Yosin»ni o‘qisa, umri uzun, oqibati boxayr bo‘lgay.

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida «Surai Ixlos»ni o‘qisa, dalil bo‘lgaykim, e’tiqodi mustahkam, toat-ibodatga dili mustahkam bo‘lgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, ikki jahonda murodiga yetgay, umri xushlik bilan o‘tgay. «Surai Falaq»ni o‘qisa va «Surai Nos»ni o‘qisa dalil bo‘lgayki, jodu anga zarar qilmagay, Alloh taolo uni yomon so‘z, hasaddan saqlagay, rizq-ro‘zi ziyoda bo‘lgay.

Tushda QISH

 

tushda