Tushda HUKUMAT

Tushda HUKUMAT

Tushda hokimlar majlisini ko‘rish ishda raqobat va ko‘zbo‘yamachilikka ishora. Rasmiy doiralarda ish orqaga ketishiga; qiyinchilik va mehnatdan so‘ng ishlar joy- joyiga tushishidan dalolat beradi.

HO‘L BO‘LISh

Tushda yomg‘irdan ho‘l bo‘lganini ko‘rish mehnat va mashaqqatga ishoradir.

HO‘KIZ

Tushda ho‘kiz ko‘rish savob, barokat, oson rizqqa erishish, mansabi ko‘tarilishiga ishora.

HO‘KIZ (2)

Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida qora ho‘kizga minib tursa, o‘zi yaxshi odam bo‘lsa, dalil bo‘lg‘aykim, amaldor bo‘lg‘ay va manfaatlar topgay. Agar sariq bo‘lsa, bemor bo‘lgan. Agar ho‘kiz uyiga kirib kelsa, Alloh taolo unga ko‘p xayru barakot ato qilg‘ay, lekin g‘am-anduh ham yetgay. Agar qaysi ko‘chada sigirlarning jam bo‘lganini ko‘rsa, ul joyda ko‘p xayru- barakot yetgay. Agar ho‘kiz suzib, itqitib tashlasa, dalil bo‘lg‘ayki, qaysi amaldori ko‘rsa, amalidan tushgay, o‘z vaqtida g‘amini yeb, hisob-kitobni qilib qo‘ysin, sadaqa bersin.

Agar savdogar ko‘rsa, ziyon ko‘rgay. Agar sigirni so‘yib, go‘shtini taqsim qilib olsa, tushning sohibi vafot etgay, vorislari uning molini taqsimlab olgaylar. Agar ho‘kiz- sigirlarning barchasi bir joyga jam bo‘lsa, ul joyga bemorlik yetgay. Agar tush sohibi og‘riq va oriq bo‘lsa, ko‘proq ranj yetgay. Agar ho‘kizlardan birini haydab turganini ko‘rsa, unga behisob mol nasib etgay.

tushda