Tushda ERKAK ko’rsa

Tushda ERKAK ko’rsa

Erkak asalari. U tushda foydasi ko’p serunum kishi bo’lib, xatari xdm kattadir. Va yana u birovga aziyat bermaydigan diyonatli, zohid kishidir.

Erkak kishi. Uni tushda ko’rish fazl va kenglikka dalolat qiladi. Chunki Alloh taolo er kishini fazilat- li qildi.

Erkak to’ni. Erkak to’ni kasallikka ishora.

Erkalash. Tushda go’dakni erkalayotganlarini ko’rsangiz, demak, yangilikka qiziqar ekansiz, atrofingizdagilar sizni yaxshi ko’radi.

Tushda Erkak

Erta tong. U rizqi ulug’ yoki turmushga chiqqan qizlarga dalolat qiladi. Ba’zan esa zikr qilish va Qur’on o’qishga dalolatdir.

Ertalab. Tushda ertalab bo’lib, quyosh chiqqanini ko’rsangiz, o’ngda odamlarga eng yaxshi fazilatlaringizni namoyish qilasiz. Barcha xdrakatlaringiz yaxshi samara beradi.

Eski-tuski narsalar. Tushda tashlab yuborishga mo’ljallangan eski-tuski narsalarni ko’rsangiz, demak, fe’lingizda o’zingizga yoqmaydigan xislat bor, bu xislatdan voz kechishingiz, o’z xulqingizni tuzatishingiz kerak ekan.

Tushda Eski-tuski, juldurli bo’lish. Ularni sotib olish ta’vilda makruxdir. Chunki juldurlik faqirlikdir. Uni sotish yaxshidir. Ularni sotib olish faqirlik, sotish esa faqirlikning ketishiga dalolat.

Eskifurush, eski-tuski bilan savdo qiluvchi. Tushdagi eskifurush bema’ni gap va xurofotlarni aytuvchi «olim». Tushda eskifurushni ko’rish qimmatbaho toshlar savdosi bilan shug’ullanuvchiga dalolat.

Er. Tushda erini ko’rish – unga g’amxo’rlik qilish lozimligi; ruqiy tayanch yo’qligi; rashk; er bilan so’kishish – kasallik; boshqaning erini ko’rish – jinsiy qoniqmaganlik.

Yuzdagi illat. Yuzdagi illat hayoning ozligiga dalolat qiladi.

Yuz-qo’lini yuvish. Agar tushda yuz-ko’lini sovuq suv bilan yuvsa, o’ngda g’amlardan xalos bo’ladi. Agar kasal bo’lsa, shifo topadi.

Yuzning tirishishi. Kim uyquda yuzi tirishganini ko’rsa, qiz farzand ko’radi.

Tushda Erkak

Yuzparda. Agar ayol kishi tushida yuziga yuzparda tutib yurgan bo’lsa, demak, o’ngida bir siri borki, oshkor bo’lishidan ko’rqadi. Tushdagi qora parda aza, dafn maro- simi, xafachilik va qayg’uga ishora.

Yuztuban yiqilish. Uning ta’biri hidoyatdan zalolatga ketishni anglatadi.

Yuk. Agar tushingizda yuk tashiyotgan bo’lsangiz, o’ngin- gizda xursand bo’layyoring; sizni yuksak bir mansab kutyapti. Yuk qanchalar og’ir bo’lsa, mansab ham shuncha yuqoridir. Tushda yuk ko’tarishni uzoq va baxtiyor umrga ham yo’yadilar.

Yuk. Tushingizda yuk ko’rsangiz, o’ngingizda ko’p qiyinchilikka duch kelasiz. Agar yukni boshqalar ortayotganini ko’rsangiz, siz tufayli katta janjal bo’ladi. Og’ir yuk ko’tarib ketayotganingizni ko’rsangiz, tirikchiligingiz qiyinchilik bilan o’tadi. Yukingizni yo’qotib qo’ygan bo’lsangiz, oilangizda ko’ngilsizlik

bo’ladi. Kimdir yukingizni ko’tarishda yordam berayotgan bo’lsa, o’ngingizda ishonchli do’st ortgirasiz.

Yuksaklik. Tushda yuksaklikka ko’tarilish orzularning amalga oshishiga ishora.

tushda