Tushda ChAQMOQ

Tushda ChAQMOQ

Tushda ChAQMOQ: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida chaqmoq chaqnaganini ko‘rsa, ul shaharga bir fitna, vasvasa tushgay. Ul joydagi odamlarga lozimdurki, tavba va istig‘forni ko‘p aytsunlar, toki balo daf bo‘lgay.

ChIROG‘DON

Agar tushida chirog‘don olsa yoki chirog‘don bersa, yaxshi xotin yoki xizmatkor olgay.

ChAShMA

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida chashmani ko‘rsa, suvi pokiza va tiniq bo‘lsa, dalil bo‘lgaykim, o‘shal odam barakatlik, oliyhimmat, karampesha bo‘lgay. Agar suv loyqa va xira bo‘lsa, g‘am-anduh yetgay. Agar tushida yuz-qo‘lini yuvsa, g‘amidan xalos bo‘lgay. Bemor bo‘lsa, shifo topgay. Qarzdor bo‘lsa, qarzidan qutulgay.Tushda ChAQMOQ

ChIRMANDA

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida nog‘ora chalsa, yolg‘on so‘zlashda shuhrat topgay va nog‘orani (chirmandani) odamlar bilan xursand bo‘lib chalsa, g‘am- anduh ko‘rgay.

tushda