ShIRINLIK ko’rsa

ShIRINLIK ko’rsa

ShIRINLIK ko’rsa: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida asalni mumi bilan olsa yoki yesa, halol meros va mol-dunyo topgay.

Kirmoniy Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, asalni tushida mumi bilan olsa yoki yesa unga ilmu-donish hosil bo‘lgay. Agar asaldan odamlarga bersa, odamlar undan yesalar, uning ilmidan o‘zgalar ham bahra olgaylar.

Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh aylahissalom aytibdirlarkim, kim tushida asalni ko‘rsa 5 narsaga dalolat qilur:

  1. Halol meros.
  2. Mol-dunyo.
  3. Qur’oni sharif.
  4. Rizqi-farovonlik.

tushda sholg‘om

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida sholg‘omning xamini ko‘rsa, g‘am-anduh bo‘lgay. Agar birovga bersa, unga g‘am yetgay. Agar pishganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rgay, agar o‘zidan uzoq qilsa, g‘amdin xalos topgay.

tushda ShO‘NG‘ISh

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida suvga tushib, suzib yursa va suvga ko‘milsa, moli ziyoda bo‘lib, tagida qolgay.

Agar daryoga tushsa, amaldor bo‘lsa, amaldan qolgay. Agar suv g‘arq bo‘lib o‘ldirsa, dalil bo‘lgayki, dushmanlari halok qilgay. Agar daryodan salomatlik bilan chiqsa, dunyoning kulfatlaridan qutilgay. Oxirat ishiga qadam qo‘ygay.

tushda