EPIDERMOFITIYa VA BOShQA TERI KASALLIKLARI

EPIDERMOFITIYa VA BOShQA TERI KASALLIKLARI

EPIDERMOFITIYa VA BOShQA TERI KASALLIKLARI: Terida turli toshmalar chiqadi (surun- kali dermatoz oqibatida, funksional asab tizimi buzilganda va boshqalar).

Eng ko‘p tarqalgan teri kasalliklariga epidermofitiya va dermatomikoz kiradi.

Kasallikni faqat shifokor dermatolog aniqlashi va zarur muolajani belgilashi mumkin. Xalq tabobati esa bu davolanishga qo‘shimcha bo‘la oladi.

Xalq tabobatida zamburug‘li k^salli- klarni davolashda ko‘plab dorivor o‘sim- liklar qo‘llaniladi. Kalliziya (zolotoy us) o‘simligi yallig‘lanishga qarshi va bakteri- sid xossaga ega. U zamburug‘li teri kasalli- klarida sirtga qo‘llaniladi.

  • Oyoq kafti epidermofitiyasida 2 tom- chidan kalendula va kalliziya yog‘lari qo‘- shilgan iliq suvga oyoqlarni tushirish lo- zim. Kalliziya qaynatmasiga botiril- gan matoni kasallangan joyga qo‘yish ham yaxshi samara beradi.

 

        

  • Boshqa zamburug‘li kasalliklar kalli- ziyaning spirtli damlamasi bilan davo- lanadi. Bu damlama suv bilan 1:3 nisbatda aralashtiriladi va kuniga ikki mahal te- rining zararlangan joyiga qo‘yiladi.
  • Deyarli barcha zamburug‘li teri kasalli- klarida bo‘ladigan qichishni olish uchun 100 g asalga 1 osh qoshiq zolotoy us damlamasi aralashtirib surtish kerak.
  • Teshik qizilpoychao‘ti qaynatmasi (2 osh qoshiq o‘t 1 stakan qaynoq suvda) 0,5 stakan- dan kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa ol- din ichiladi. Bu virusga qarshi vositadir.
  • Dorivor marmarak barglari damlama- si (1 choy qoshiq quruq barglari 1 stakan qaynoq suvda) 1 osh qoshiqdan har 2-3 soat- da ichiladi. Yumshatuvchi va tinchlantiruv- chi vositadir.
  • Dorivor kalendula gullari damlamasi (1 osh qoshiq gullari 1 stakan qaynoq suvda) 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichiladi.
  • Dorivor melissa damlamasi (1 osh qo- shiqo‘t 1 stakan qaynoq suvda) 0,5 stakandan 4 mahal ichiladi.
  • Baland devyasil ildizpoyasi va ildi- zi qaynatmasi (3 osh qoshiq quruq o‘t 1 sta- kan qaynoq suvda qaynatiladi) dan 1 osh qo- shiqdan ovqatdan oldin 3 mahal ichiladi.
  • Achchiq shuvoq damlamasi (1-2 choy qoshiq quruq o‘t 1 stakan qaynoq suvda damlanadi)

 

1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 30-60 daqiqa oldin ichiladi.

  • Katta qariqiz (lopux) qaynatmasi yoki damlamasi (1 choy qoshiq o‘t 2 stakan qaynoq suvga) dan 0,5 stakandan ovqatdan oldin 4 mahal ichiladi.
  • Katta bargizub barglari damlamasi (2 osh qoshiq quruq barglari 1 stakan qay- noq suvda damlanadi) dan 1 osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan 15-30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
  • Yirtiq moychechak damlamasi (2 osh qoshiq quruq o‘t 1 stakan qaynoq suvda damlanadi) yoki qaynatmasi (1 osh qoshiq o‘t 1 stakan suvda qaynatiladi) dan 1-5 osh qoshiqdan 2-3 mahal ichiladi.
  • Oddiy chernika barglari qaynatmasi (2 osh qoshiq quruq barglari 1 l suvda qayna- tib olinadi) yoki mevasi qaynatmasi (1-2 choy qoshiq 1 stakan suvda qaynatiladi) 1-3 osh qoshiqdan kuniga uch mahal ichiladi.
  • Pufaksimon evkalipt damlamasi 15-20 tomchidan 3 mahal qabul qilinadi. Bu yal- lig‘lanishga qarshi kuchli vositadir.
  • Tikanakli eleuterokokk spirtli eks- trakti 20-40 tomchidan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin bir oy davomida qilinadi.
  • Qizil tekis temiratkini davolashda o‘simlikdan tayyorlangan adaptogen ham keng qo‘laniladi.

        

  • Baland araliya damlamasi 30-40 tom- chidan kuniga 2-3 mahal ekzemani davolash maqsadida ichiladi.
  • Oddiy jenshen damlamasi 20 tomchi- dan kunidan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
  • Qayin sharbati toza holida yoki qiyom ko‘rinishida kuniga 2-3 mahal 1 stakandan ichiladi. Ekzema, temiratkida qo‘llanila- di.
  • Qayin qatroni 10-30 % li surtma do- risi parazitli va zamburug‘li teri kasal- liklari, ekzemalar, qipiqli temiratkini davolashda qo‘llaniladi.
  • Qayin kurtagi damlamasi ekzema, te- miratki, husnbuzar, pigmentli dog‘lar, zam- burug‘li teri kasalliklari, qipiqli temi- ratki, qichimani davolashda qo‘llaniladi. Kurtak 85-90 % spirt bilan 1:5 nisbatda damlanadi. Bu damlama terini artish yoki kompress qo‘yish uchun qo‘llaniladi.
  • Vishnevskiy surtma malhami. Tarkibi: 3 hissa qatron, 3 hissa kseroform, 100 his- sa kanakunjut (kastora) yog‘i. Uzoq vaqt bit- mayotgan jarohatlar, turli etiologiyaga ega yaralar, yotoqyaralari, zamburug‘li toshmalar- da qo‘llaniladi.
  • Vilkinson surtma malhami. Tarkibi: kalsiy karbonat 10 hissa, tozalangan ol- tingugurt 15 hissa, suyuq qatron 15 hissa,

 

naftalan surtmasi 30 hissa, yashil sovun 30 hissa, suv 4 hissa.

  • Ekzema, temiratki, teri zamburug‘li ka- salliklarida quyidagi surtma qilinadi: suyuq qatron – 5 g, tozalangan oltingugurt – 5 g, vazelin – 50 g.
  • Giyohlar to‘plami: archagul (toloknyanka) bargi – 20 g, poliz petrushkasi urug‘i – 10 g, devyasil ildizi – 10 g, qayin kurtagi – 10 g, trifol o‘ti – 40 g. 2 choy qoshiq giyoh to‘pla- mi 1 stakan qaynoq suvda damlanadi. Kuni- ga uch mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichi- ladi.
  • Qayin bargi – 1 osh qoshiq olinadi, 1 stakan qaynoq suvda yarim soat damlanadi, soviganidan keyin bir chimdim osh sodasi solinadi va yana 6 soat damlanadi. 1 osh qo- shiqdan kuniga 4-5 mahal ichiladi.
  • 1 choy qoshiq qayin kurtagi 0,5 stakan qaynoq suvga 1 soat davomida damlanadi. 1 osh qoshiqdan 2-3 marta ichiladi.
  • Qayin yog‘och ko‘miri – 0,5 g, salol – 0,4 g. 0,5 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.
  • Shirincha, temiratki, zahm xmel g‘ud- dasi bilan davolanadi: 3,5 g g‘udda 4-5 sta- kanda damlanadi. Damlama sirtga qo‘lla- niladi.
  • Qipiqli temiratki, piodermiya. Gulbe- or (portulak) o‘ti va urug‘i qaynatmasi 10- 20 g miqdordan ichiladi. 1-2 g urug‘dan bir

 

martalik ichish uchun qo‘llaniladigan qay- natma qilinadi. Qaynatmadan malhamli paxta qilinadi.

  • Ekzema, ho‘l yara, yara, qo‘tir yara, zambu- rug‘li kasalliklari quyidagicha davolana- di: Xina kukunidan bir paketcha olinadi, ustidan biroz qaynoq solib bo‘tqa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi, xuddi shu miq- dorda achchiqtosh qo‘shiladi. Terining ka- sallangan joyiga qo‘yiladi.
  • Ekzema, shirincha, temiratki, husnbu- zar, toshma. Qayd etilgan barcha kasalli- klar o‘rmon yertuti qabul qilinadi. Bundan tashqari, yertut bargi 50 g olinib, 1 l qay- noq suvda damlanadi. Shirincha, temiratki, husnbuzar, toshmalarni davolashda sirtga qo‘llaniladi.
  • Ekzemaning ko‘plab turi yertuti ezi- lib, zigirdan to‘qilgan matoga qo‘yiladi va kasallangan joyga qo‘yiladi. 3-4 kun- dan keyin bog‘lam yechiladi, tozalangan yara- ga malham va surtma dorilar qo‘yiladi.
tushda