Tushda QORA / eng aniq ta’rif

Tushda Qora bulut. Oq bulut va qora bulut — adolat bilan ish ko’radigan xukmdor yoki boshliq  ramzi.

Momaqaldiroq yoki chaqmoq bilan keladigan qora bulut — zulmkor xukmdor. Agar kimningki tushida bulut butun osmonni qoplab olgan bo’lsa va u momaqaldiroqsiz va chaqmoqsiz bo’lsa, Allohning marhamatiga sazovor bo’ladi. Sharros yomg’ir quyayotgan bo’lsa, Alloxding ne’matidir. Yomg’ir bir joyda yog’ayotgan bo’lsa, kasallik va tashvishlarga dalolat.

Qora va oq tut. Qora va oq tut pullardir.

Tushda Qora va sariq sigir. Qora va sariq rangli sigir xursandchilik, mo’l-ko’lchilik yiliga dalolat qiladi.

Tush Qora qarg’a jo’jasi. Tushda qarg’a jo’jasini ko’rishlik kambag’allikka, ehtiyojga, axdi va qarindoshlaridan uzoq bo’lishga dalolat qiladi. Kimki shu narsalarning birortasida bo’lsa, unda qarg’ani tushda ko’rishlik behojatlik, faqirlikni to’sishlik, oilasi va qarindoshlari kuchog’iga qaytishga dalildir. Chunki qarg’aning ota-onasi u tuxumidan chiqqan vaqgda uni tashlab ketishadi. Alloh taolo to unga pat chiqib, uchgunicha chivin va shu kabi ozuqalarni jo’natib turadi.

Tushda Qora kuchuk. Kuchukning qorasini ko’rish oilasiga boshliq bo’lishga dalolatdir.

Qora ot minish. Kim qora ot minganini tushida ko’rsa, u bir safar qiladi va bu yo’lda moli bekor ketadi.

Tushda ko’rsa Qora saqich, bitum. U tushda issiqtsan to’siq va himoyadir. Gohida u boylik va kemaga dalildir. U yana foyda va tavbaga dalolatdir.

Tushda QORA / eng aniq ta'rif

Qora uzum. Qora uzum boqiy turmaydigan rizkdir. U o’z vaqtida bo’lsa g’am, boshqa vaqtda bo’lsa, kasallikdir. Agar osilgan bo’lsa, u qattiq qo’rqinchga dalolat qiladi.

Kim qora uzumni sulton eshigidan olsa, uning sonini bilsa, u uzum donalari mikdoricha qamchilar bilan uriladi. Qora uzum yana oz manfaatdir. Qora uzum ozligida xdm, ko’pligida ham g’amdir.

Qora chigirtka. Seshanbadan chorshanbaga o’tar kechasi tushingizda qora chigirtkani ko’rsangiz, o’ngda kayfiyatingizni buzishadi. Agar tushingizda qora chigirtka chirillamayotgan bo’lsa, bu yaxshilikka yo’yiladi. Qora chigirtka sizdan uzoqlashsa, bilingki, sizning huda-bexuda maslahatlaringiz odamlarning joniga tekkan, hammaga o’rgatish odatingizni tashlasangiz, o’zingizga foydali bo’ladi.

Qoragat. Bo’ydoqlar va sevishganlar tushlarida qorag’at ko’rsalar, o’nglarida engiltakliklari uchun ko’ngilsiz voqeaga duch keladilar. Oilali odamlar uchun tushda qorag’at ko’rish oila a’zolaridan birining kasal bo’lishini anglatadi.

Qoraqiz. Tabiatda o’sadigan bu yovvoyi o’simlikni tushda ko’rsangiz, o’ngda turli ko’ngilsizlik va mayda- chuyda gaplarga duch kelasiz.

Qorako’l terisi. Tushda qorako’l terisini ko’rsangiz yoki undan biron kiyim kiysangiz, o’ngda maqtanchoq bo’lar ekansiz.

Tushda QORA / eng aniq ta'rif

Qora munchoq. U shubhali moldir. Farzand kutayotgan ayol uchun farzandning tug’ilishidir. Yana ikkiyuzlamachi do’stdir. Bir dona munchoq yord&mchisi yo’q do’stdir. Ko’p munchoq esa harom moldir.

Qorataloq. Kimki tushida qoratalog’ini ko’rsa, u kuchli kishidir, tez kunda xursand bo’ladi. Uning kattaligi maqsad buzukdigidir, Kimki qoratalog’i

bezovta qilayotganini ko’rsa, o’zi va qarindoshlari ishi kasod bo’ladi.

Qoratut. Tushingizda qoratut ko’rsangiz, o’ngingizda daromadingiz ortib, boy bo’lasiz.

tushda